2024-yil 25-mart kuni soat 11:00 da Namangan davlat universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/04.06.2020.Fil.76.04 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar (10.00.01 – “O‘zbek tili”, 10.00.02 – “O‘zbek adabiyoti”, 10.00.11–“Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi” ixtisosliklari bo‘yicha)ning navbatdagi majlisi o‘tkaziladi. KUN TARTIBI: 1. Namangan davlat universiteti tadqiqotchisi Tojimatov Rasuljon G‘anijonovichning “Muhammad Yusuf she’riyatining lingvokonseptual va lingvopoetik xususiyatlari” mavzusida 10.00.01- O‘zbek tili ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiyasi muhokamasi. Ilmiy rahbar: Yuldashev Ma’rufjon, filologiya fanlari doktori, professor. Taqrizchilar: Sobirov Abdulhay, filologiya fanlari doktori, professor. Babaxanova Dilorom, filologiya fanlari nomzodi, dotsent. Ilmiy seminarning online tarzdagi majlisiga barcha seminar a'zolari va tegishli mutaxassislar taklif etiladi. Manzil: Namangan shahri, Uychi ko‘chasi, Namangan davlat universiteti ARM binosi 2-qavat, majlislar zali.

image

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image