"Mirzo Ulug'bek vorislari" respublika tanlovining tuman (shahar) saralash bosqichlari o'z nihoyasiga yetdi.

Mazkur tanlovning yakuniy Namangan shahar bosqichi bo'lib o'tdi. Ushbu bosqichda ham eng yuqori ko'rsatkich bilan quyidagi 2 nafar talabalarimiz g'oliblikni qo'lga kiritib, 3.4 mln. so'm pul mukofotiga ega bo'lishdi.

Nuriddinova Aziza - Maktabgacha, boshlang'ich ta'lim va jismoniy madaniyat fakulteti talabasi
Raxmonov Ulug'bek - Tibiyot fakulteti talabasi

Tanlovning yakuniy shahar bosqichi g'oliblarini taqdirlash marosimi ko'tarinki ruhda tashkil etilib, marosimda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig'i, Davlatobod tumani hokim o'rinbosari va qator soha mutaxassislarining ishtiroki bilan yakunlandi.

Quvonarli tomoni shundaki, mazkur tanlovning barcha tuman (shahar) bosqichlarida jami 76 nafar iqtidorli talabalarimiz o'zlarining ilmiy-innovatsion loyiha va g'oyalari bilan munosib ishtirok etishdi. Shundan, eng yuqori ko'rsatkich bilan 27 nafari g‘oliblikni qo‘lga kiritib viloyat bosqichi yo'llanmasini hal qilgan holda, umumiy miqdorda 45,9 mln so'm pul mukofotini ham jamg'arishdi.

G‘oliblikni qo‘lga kiritgan barcha talabalarimizni ushbu g‘alabalar bilan samimiy qutlagan holda keyingi bosqichlarda ham muvaffaqqiyatlar tilaymiz!

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image