Namangan davlat universitetida "Talabalar spartakiadasi" musobaqasining fakultet bosqichi o'tkazilmoqda

Talabalar o’rtasida ommaviy sportni rivojlantirishga qaratilgan “Talabalar spartakiadasi” musobaqasi Jahon tillari hamda Tabiiy fanlar fakultetida ko'tarinki ruhda o'tkazildi.

Sportning voleybol, arqon tortish, shashka hamda tosh ko'tarish turlari bo'yicha o'tkazilayotgan musobaqada kuchlilar saralanmoqda.

Ma'lumot o'rnida fakultet bosqichi yakunlangach, musobaqaning universitet bosqichi o'tkaziladi va g'oliblar diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadilar.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image