Kengash yig'ilishi avvalida universitet rektori Sobitxon Turg'unov Muhtaram Prezidentimizning Namangan viloyatiga tashriflari yuzasidan o'zlarining fikr mulohazalari va viloyat faollari bilan uchrashuvda berilgan topshiriqlarni sidqidildan bajarish lozimligini alohida ta'kidladi.
Shundan so'ng ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor lavozimiga tayinlangan A'zamjon Rasulov jamoaga tanishtirildi va faoliyatiga ulkan zafarlar tilandi.
Kengash yig'ilishida universitet Kuzatuv kengashi qarorlari ijrosi, Namangan davlat universitetiga 2024-yil II chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka tavsiya etilgan izlanuvchilarning ilmiy mavzulari va rahbarlarini tasdiqlash, “Til o’rganish markazi”ning Nizomini tasdiqlash, yangi barpo etilayotgan talabalar tuar joyi uchun mebellar ro’yxati, ko’rinishi va tannarxlarini belgilash masalalari ko’rib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.