Andijon viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi va Namangan davlat universiteti, Arxivshunoslik kafedrasi o‘rtasida memorandum imzolandi

Andijon davlat arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i N.Zuhriddinov va Namangan davlat universiteti Arxivshunoslik kafedrasi mudiri B. Vahobov va katta o‘qituvchisi PhD B.Abbasovlar o‘rtasida memorandum imzolandi. 

Unga ko‘ra, ikkala tomon o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, universitet talabalarining hududiy kesimda amaliyot o‘tashlarini tashkil etish, amaliyot davomida talabalarga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish, arxiv sohasiga oliy malakali kadrlar jalb etish maqsadida kvota ajratish masalasi ko‘rib chiqildi va kelishuvga erishildi. Shu bilan birgalikda B.Abbasov tomonidan Namangan davlat universiteti logotipi tushirilgan esdalik sovg‘alarini topshirildi.

Kunning ikkinchi yarmida "yosh arxivshunos to‘garagi" talabalari Andijon viloyati davlat arxiviga tashrif buyurishdi. Davlat arxivi xodimlari arxivda saqlanayotgan arxiv hujjatlari, ish jarayoni, arxiv sohasida hozirda foydalanilayotgan zamonaviy axborot texnologiyalari, axborot xavfsizlik bo‘limi hamda arxiv muzeyi bilan yaqindan tanishtirdilar. 

Yosh arxivchi talabalar o‘zlarining nazariy bilimlarini amaliy jihatdan yanada mustahkamladilar.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image