Namangan davlat universitetida oliy ta’limdan keyingi ta’lim izlanuvchilarining monitoringi boshlandi



Bugun, 15-aprel Namangan davlat universitetida oliy ta’limdan keyingi ta’lim izlanuvchilarining monitoringi boshlandi. Monitoring O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limdan keyingi taʼlim to‘g‘risida Nizom” va universitet rektorining joriy yil 8-apreldagi 102-B/O sonli buyrug’iga asosan tashkil etilgan bo‘lib, unda doktorantlar va stajyor – tadqiqotchilarni hozirga qadar olib borgan faoliyatlari o’rganilmoqda. 





O’rganishlar jarayonida izlanuvchilar yakka tartibdagi rejalarini bajarishdagi yutuqlari e’tirof etilib, yo’l qo’yilayotgan kamchiliklari bo‘yicha ishchi guruh a’zolari tomonidan tegishli tavsiyalar berilmoqda.

 

Monitoring ikki hafta davomida o’tkazilishi rejalashtirilgan va doimiy ravishta online translyatsiya (https://www.youtube.com/watch?v=PHTkpmBTMo0&ab_channel=IT-Cafe) qilib boriladi.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image