Namangan davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Arxivshunoslik kafedrasi katta o'qituvchisi PhD B.Abbasov rahbarligida "yosh arxivshunos" talabalar Namangan viloyati davlat arxivi va Namangan viloyati arxiv boshqarmasi boshlig'i lavozimida qariyb 30 yil mobaynida ishlagan va hozirda nafaqadagi Turg'unov Jamolxon ota holidan xabar oldilar.
Ustozning bosib o'tgan yo'llari, kasbiy faoliyatlari haqida qiziqarli ma'lumotlar so'zlab berildi. Uchrashuv so'ngida yosh arxivchilar o'zlariga kerakli bo'lgan ma'lumotlar va arxiv ishi jarayonidagi tajribalarini yanada mustahkamladilar.