Universitetda chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, Tabiiy fanlar fakulteti tashabbusi bilan "Hayot bebaho ne'mat, Vatanparvarlik - eng oliy tuyg'u" mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi

18-aprel universitetda chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, Tabiiy fanlar fakulteti tashabbusi bilan "Hayot bebaho ne'mat, Vatanparvarlik - eng oliy tuyg'u" mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.

Muloqotda Namangan viloyati bosh imom-xatibi M.Abbosiddinov, Ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo'limi rahbari M.Appakov, El-yurt hurmati ordeni sohibi Ziyovuddin Mansur, shoira O'.Xoldorova, bo'lim boshlig'i Sh.Jo'rayev, bo'lim boshlig'i K.Mamatov, dekan o'rinbosari A.Sobirxonov o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etishdi. 

Jarayonlarda talabalar ham o'zlarini qiziqtirgan savollari hamda fikr-mulohazalari bilan faollik ko'rsatishdi.

Uchrashuvdan ko'zlangan maqsad, talaba yoshlarda vatanparvarlik ruhini shakllantirish, tinchlik-osoyishtalik hamda hayot eng bebaho ne'mat ekanligini yana bir bor targ'ib qilishdan iboratdir. Bu kabi tadbirlar joylarda davom etmoqda.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image