Yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Namangan davlat universitetida yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va kuchli taʼsir qiluvchi preparatlarning isteʼmoli hamda noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq holatlarning oldini olish, shuningdek, OITS ga qarshi kurash bo‘yicha davra suhbati, maʼrifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar inson sog‘lig‘i va xavfsizligiga jiddiy tahdid solishi, jamiyatning iqtisodiy va maʼnaviy negiziga salbiy taʼsir ko‘rsatishi, ko‘pincha u uyushgan jinoyatchilik bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi uning ijtimoiy xavfliligini yana-da oshirishi, ayniqsa, mazkur giyohvandlik vositalaridan jabr ko‘ruvchilarning aksariyatini yoshlar tashkil etayotganligi taʼkidlandi.

NamDU tyutorlariga bu kabi holatlarni oldini olish bo‘yicha zaruriy ko‘nikmalar berildi.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image