Namangan davlat universitetiga Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Astronomiya instituti professori Abdujabbarov Axmadjon Adiljanovich tashrif buyurdi

Namangan davlat universitetiga Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Astronomiya instituti professori Abdujabbarov Axmadjon Adiljanovich tashrif buyurdi



Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor A.Rasulov va Fizika kafedrasi mudiri B. Abdulazizovlar taklifi bilan 20-aprel kuni Namangan davlat universitetiga  Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Astronomiya instituti professori, Fizika-matematika fanlari doktori, “Shuxrat” medali sohibi, Butunjahon Fanlar akademiyasi (The World Academy of Sciences, TWAS) yoshlar seksiyasi akademigi, 2017-yilda “Web of Science” ning “The best young researcher”,  2019-yilda Scopus injener va texnologiya boʻyicha “Eng yaxshi olim” mukofotlari sovrindori Abdujabbarov Axmadjon Adiljanovich tashrif buyurdi.





Tashrif davomida olim universitet doktorantlari bilan ochiq muloqotda boʻlib, hozirgi kunda ilmiy sohada eʼtibor qaratilishi kerak boʻlgan muhim jihatlarga toʻxtalib oʻtdi. Shuningdek Scopus va Web of Science xalqaro bazalarida maqolalar chop etishda nimalarga alohida eʼtibor qaratish kerakligi toʻgʻrisida doktorantlar uchun master klass oʻtib berdi.



Qayd etib oʻtish kerakki, Axmadjon Adiljanovichning Scopus bazasidagi H-indeksi 37 ga teng. Bundan tashqari, olim DAAD, TWAS, ICTP, Volkswagen, Erasmus+, PIFI-CAS xalqaro donor tashkilotlarning bir nechta loyihalariga rahbarlik qilgan boʻlib, ushbu tashkilotlar loyihalarini olish va ularni amalga oshirish mexanizmlari boʻyicha oʻz tavsiyalarini berib oʻtdi.



Ushbu uchrashuv doktorantlarda juda katta taassurot qoldirganini oʻzlari ham e’tirof etdilar. Kelgusida universitetning yosh tadqiqotchilari uchun master klasslar tashkil etish boʻyicha kelishib olindi.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image