Asosiy kontentga o'tish
TALABALAR VA BITIRUVCHILAR DIQQATIGA!

#Vakansiya #Ishga_marhamat

Ish izlayapsizmi? Siz uchun muhim imkoniyat!

Hurmatli talabalar va bitiruvchilar!

1–5-kurs talabalari hamda oliy ta’lim muassasalarini tamomlab, diplom olgan bitiruvchilarni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish maqsadida davlat va xususiy sektorlardagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ushbu kanal orqali muntazam ravishda taqdim etib boriladi.

Kanal orqali quyidagi ish imkoniyatlari bilan tanishishingiz mumkin:

➡️ Davlat tashkilotlaridagi bo‘sh ish o‘rinlari;
➡️ Xususiy korxona va tashkilotlardagi vakant lavozimlar;
➡️ Talabalar uchun mos ish va amaliyot imkoniyatlari;
➡️ Mutaxassislik yo‘nalishiga mos ish o‘rinlari;
➡️ Yangi va dolzarb vakansiyalar;
➡️ Ishga qabul qilish bo‘yicha e’lonlar.



Vakansiyalar muntazam yangilanib boradi. Yangi ish o‘rinlari haqidagi ma’lumotlar imkon qadar har kuni kanalga joylashtiriladi.

Ish izlayotgan talabalar va bitiruvchilarni kanalni kuzatib borishga, o‘zlariga mos vakansiyalar bilan tanishishga hamda mavjud imkoniyatlardan o‘z vaqtida foydalanishga taklif etamiz.

🕊 Kanalga obuna bo‘ling: @karyerauznamangan

❗️ Eslatma: Mazkur e’lonni kursdoshlaringiz, bitiruvchilar va ish izlayotgan tanishlaringiz bilan ham ulashing. Bu orqali ularning ham munosib ish topishiga ko‘maklashishingiz mumkin.



Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image