Bugun, 16-dekabr kuni Namangan davlat texnika universiteti huzuridagi PhD.03/30.11.2022.FMT.66.04 raqamli bir martalik Ilmiy kengash majlisida Ibragimov Raximjon Xasanboy o‘g‘lining 13.00.02 - “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika)” ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Kompyuterda modellashtirilgan ishlanmalar vositasida kasb-hunar maktabi o‘quvchilarining fizikadan axborot kompetetsiyalarini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokama qilindi.
Ilmiy kengash a’zolari tomonidan tadqiqot muhim va dolzarb ilmiy muammo sifatida e’tirof etildi, ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan yuqori baholandi. Kengash a’zolari tomonidan dissertatsiyaga ijobiy baho berildi va Ibragimov Raximjon Xasanboy o‘g‘liga Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish tavsiya etildi.
💐👏Universitetimiz nomidan Raximjon Xasanboy o‘g‘lini ushbu muvaffaqiyati bilan chin dildan tabriklaymiz, hamda kelgusi ishlarida bardavomlik tilaymiz.
Namangan davlat universiteti Axborot xizmati