Gafurova Saodat Turabayevna dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi

Gafurova Saodat Turabayevna dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi
 
Bugun, 20-dekabr kuni Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.06.2021.B.05.06 raqamli Ilmiy kengash majlisida Gafurova Saodat Turabayevnaning 03.00.06 - «Zoologiya» ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Farg‘ona vodiysi (Coleoptera, Coccinellidae) koksinellidlari (faunasi, ekologiyasi va xo‘jalik ahamiyati)” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokama qilindi.
 
🗳 Ilmiy kengash a’zolari tomonidan tadqiqot muhim va dolzarb ilmiy muammo sifatida e’tirof etildi, ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan yuqori baholandi. Kengash a’zolari tomonidan dissertatsiyaga ijobiy baho berildi va Gafurova Saodat Turabayevnaga Biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish tavsiya etildi.
 
💐👏Universitetimiz nomidan Saodat Turabayevnani ushbu muvaffaqiyati bilan chin dildan tabriklaymiz, hamda kelgusi ishlarida bardavomlik tilaymiz.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image