Asosiy kontentga otish
Tuxtasinov Abror Rustamovich dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi

Oʻzbekiston davlat san'at va mdaniyat instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.11/2025.27.12.San.02.01 raqamli ilmiy kengash majlisida Tuxtasinov Abror Rustamovichning 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari) boʻyicha tayyorlangan “Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining etnopedagogik madaniyatini takomillashtirish metodikasi” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokama qilindi.

🗳 Ilmiy kengash a’zolari tomonidan tadqiqot muhim va dolzarb ilmiy muammo sifatida e’tirof etildi, ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan yuqori baholandi. Kengash a’zolari tomonidan dissertatsiyaga ijobiy baho berildi va Tuxtasinov Abror Rustamovichga Pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish tavsiya etildi.

💐👏Universitetimiz nomidan Tuxtasinov Abror Rustamovich ushbu muvaffaqiyati bilan chin dildan tabriklaymiz, hamda kelgusi ishlarida bardavomlik tilaymiz.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image