Asosiy kontentga otish
Toshkent davlat yuridik universiteti akademik litseylari bitiruvchilaridan Namangan davlat universitetining Yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishiga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha arizalar qabuli davom etmoqda.

2026/2027-o‘quv yili uchun Toshkent davlat yuridik universiteti akademik litseylari bitiruvchilarini Namangan davlat universitetining Yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishiga belgilangan tartibdagi suhbat natijalariga ko‘ra o‘qishga qabul qilish jarayoni davom etmoqda.



Mazkur tartib yuridik ta’lim yo‘nalishida tahsil olish istagidagi bitiruvchilarning bilim, salohiyat va kasbiy qiziqishlarini baholash hamda ularni oliy ta’lim bilan qamrab olishga qaratilgan. Suhbat jarayonida nomzodlarning huquqiy bilimlari, mantiqiy va tahliliy fikrlash qobiliyati, kasbiy motivatsiyasi hamda yurisprudensiya sohasidagi bilim va ko‘nikmalari baholanadi.

Namangan davlat universitetining Yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishi zamonaviy ta’lim dasturlari, malakali professor-o‘qituvchilar, amaliyotga yo‘naltirilgan o‘quv jarayoni va ilmiy faoliyat uchun yaratilgan imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Ta’lim jarayonida talabalar huquqshunoslikning turli yo‘nalishlari bo‘yicha nazariy bilimlarni egallash bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalarni ham shakllantiradilar.



Suhbat asosida o‘qishga qabul qilish tartibi bilan quyidagi havola orqali batafsil tanishishingiz mumkin:

Batafsil ma'lumot olish uchun - havola

👉 Ariza berish

☎️ Qabul jarayonlari yuzasidan murojaatlar uchun universitetda maxsus «Call-center» faoliyati tashkil etilgan bo‘lib, abituriyentlar va ularning ota-onalari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha tegishli ma’lumotlarni olishlari mumkin.
Call markaz raqami: +998692395006
🏪 Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha

Namangan davlat universiteti — bilim, taraqqiyot va muvaffaqiyat sari ishonchli hamkor!



Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image