Namangan davlat universiteti qabul komissiyasi huzurida "Call-center" ishga tushirildi
- Bosh sahifa
- Qabul
- Qabul yangiliklari
- Namangan davlat...
- 10.06.2024
- 10:21
- 1609
Namangan davlat universiteti qabul komissiyasi huzurida "Call-center" ishga tushirildi
Davlat oliy taʼlim muassasalariga 2024/2025 oʻquv yili uchun oʻqishga qabul qilish jarayonlarida jismoniy va yuridik shaxslarning, ota-onalar hamda abituriyentlarning murojaatlarini tezkor va samarali ko‘rib chiqish, ularga real vaqt rejimida huquqiy tushuntirish va maslahatlar berish maqsadida Namangan davlat universiteti qabul komissiyasi huzurida "Call-center" ishga tushirildi.
"Call-center" orqali 2024/2025 oʻquv yili uchun oʻqishga qabul qilish jarayonlariga oid o‘zingizni qiziqtirgan barcha savollarga javob olishingiz hamda murojaatlaringizni yo‘llashingiz mumkin.
Call markaz raqami: +998692395006
Ish vaqti: 09:00dan 18:00gacha