Namangan davlat universitetida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining 2- va 3-bosqich hamda magistratura mutaxassisliklarining 2-bosqich talabalari uchun 2026/2027-o‘quv yiliga mo‘ljallangan ta’lim grantlarini qayta taqsimlash bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov natijalari e’lon qilindi.
Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom” talablariga muvofiq tashkil etilib, talabalarning akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari hamda ijtimoiy faolligi asosida amalga oshirildi.
Talabalar quyidagi ro‘yxat orqali 2026/2027-o‘quv yilida ta’lim granti asosida tahsil olish huquqiga ega bo‘lganliklari bilan tanishishlari mumkin.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari
Magistratura mutaxassisliklari
Namangan davlat universiteti Axborot xizmati