Abduraxmanov Muxammadjon G’ulomjonovich
Ingliz tili o’qitish metodikasi kafedrasi Namangan davlat universiteti, Ingliz filologiyasi fakultetining tarkibiy bolinmasi xisoblanib, unda bir yoki bir necha turdosh fanlar bo’yicha o’quv, oquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni, shuningdek, ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish hamda ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar amalga oshiriladi. Hozirda kafedraga Abduraxmanov Muxammadjon G’ulomjonovich mudirlik qiladi.
Kafedra 2019 yilda tashkil etilgan. Kafedra tarkibiga professor-o’qituvchilar va xodimlar toifasiga kiruvchi kafedra mudiri, 1 nafar dotsent (PhD), 2 nafar PhD, 6 nafar katta o’qituvchi, 5 nafar o’qituvchi (assistent), 9 nafar o’qituvchi-stajyorlar hamda 15 nafar tayanch doktorant shuningdek, 1 nafar kabinet mudiri kiradi.
Kafedra 60111800–Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) bakalavriat yo’nalishi kunduzgi va kechki ta’lim talabalariga hamda 70230101-Lingvistika (ingliz tili) magistratura mutaxassisligiga ta’lim-tarbiya beradi.
Kafedrada 15 nafar tayanch doktorantlar mavjud. Ulardan 10 nafari 1 kurs va 5 nafari 2 kurs doktoranlari bo’lib ularning dissertatsiyalari reja asosida amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari Yuldasheva Dilfuza, Rashidova Nodira, Sharipova Sabohat, Alihanova Muqaddam mustaqil izlanuvchilardir. Ularning mavzulari OAK byulitenida e’lon qilingan va dissertatsiyalarning yakuniy bosqichi yozilish jarayoni ketmoqda.
Kafedra o’qituvchilarining Xalqaro e’tirof etilgan jurnallarda, respublika miqyosidagi jurnallarda yuzdan oshiq maqolalari chop etilgan, jumladan o’tgan 2023 yilda xalqaro jurnallarda 34 ta, respublikada 53 ta maqolalar chop etildi va davom etmoqda.
Nodira Rashidova 2022-yilda “English vocabulary for medicine” va 2021-yil “ Improving vocabulary” nomli mobile ilovalar yaratgan v O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi huzuridagi Intelektual mulk agentligi tomonidan mualliflik huquqini olgan va davlat reestrida ro’yhatdan o’tlazilgan. Hozirda TTT, TESOL,TEFL, CEFR sertifikatlariga ega bo’lib, TESOL bo’yicha xalqaro Ingliz tili fani o’qituvchilari traineridir. Dotsent N. Mamajanova Boshlang’ich sinflarda ingliz tili o’qitish nomli o’quv qollanmalari mavjud.
D.Abdullayeva va M. Qozoqovalar Hindistonda, N.Rashidova turli xorijiy davlatlar Amerika, Germaniya Turkiya, Fransiya, Angliya, Ispaniya da turli xil ilmiy anjumanlarda o’z chiqishlari bilan qatnashishgan
Joriy yilda kafedra professor oqituvchilar dunyoning nufuzli 1000 taligiga kiruvchi oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlik qilishni davom ettirish maqsadida Namdu va nufuzli universitetlari o’rtasidagi ilmiy hamkorlik doirasida shartnoma tuzib, stajirovka otashni rejalashtirilgan.
Ma'lumotlar
- Manzil: NamDU
- Qabul kunlari: har kuni, 09:00-17:00
- Email: mabduraxmanov79@gmail.com
- Telefon:+99894 504 8724


