Asqarov Faxritdin Alisherovich
Namangan pedagogika instituti boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fakulteti negizida 1967 yil avgust oyida jismoniy tarbiya bo‘limi tashkil qilindi. Unda dastlabki yillarda 68 nafar professor-o‘qituvchilar xizmat qilib, ular respublikada xizmat ko‘rsatgan trener Yu.T.Zokirov, X.O.Usmanov, T.J.Jo‘raev, B.P.Ten, J.E.Ergashev, U.Ubaydullaev, S.K.Burnasheva, N.T.Marchenkolar bo‘lib fakultetda sportchilarni mahoratini oshirish, o‘quv-ishlarini samaradorligini oshirish, talabalar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni targ‘ibot tashviqot etish borasida katta ishlarni amalga oshirdilar. 1968 yilda institutda sport-sog‘lomlashtirish ishlarini yanada yaxshilash maqsadida Yangiqo‘rg‘on tumani “Mamay” qishlog‘ida sog‘lomlashtirish sport lagerini tashkil qilinib, xozirda u universitet professor-o‘qituvchilarini va talabalarini zamonaviy dam olish maskaniga aylangan. Fakultet sportchilari 1978-1979 yillarda Samarqand shahrida o‘tkazilgan Respublika Pedagogika institutlari spardakiadasida voleybol bo‘yicha fahrli 2-o‘rinni, 1980-1984 yillarda futbol bo‘yicha “Lochin” sport jamiyati kubok sovrindori, erkin kurash bo‘yicha jahon kubogi va Yevropa chempionati sovrindori X.Zangiev, kurashchilar R.D.Jioev, N.Dzangov, M.Ahmedov, B.Madraximov, A.Kamalov, boks bo‘yicha B.Rahmanov, shtanga bo’yicha S.Sirtsov, yengil atletika M.Kandakovalar fakultetimiz fahridirlar. Hozirgi vaqtda jismoniy madaniyat kafedrasida 35 nafar professor-o‘qituvchilar ishlab kelishmoqda. Shundan 7 nafar fan nomzodlari, 9 nafar dotsentlar va 1 nafar professorlar mavjud.
Ma'lumotlar
- Manzil: NamDU
- Qabul kunlari: Qabul kunlari:
- Email: asqarovfahriddin85@gmail.com
- Telefon:+99893 671 7776


