• shape
  • shape
  • shape
team

Baymirzayev Dilmurod Nematovich

Menejment kafedrasi Iqtisodiyot fakulteti tuzilmasining tarkibiy qismi bo‘lib, 5 ta bakalavriat ta’lim yo’nalishlari va magistratura mutaxassisligi bo‘yicha o’quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari, shuningdek ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash hamda tashkiliy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar amalga oshiradi.

Menejment kafedrasi Namangan davlat universiteti Kengashining 2022-yil 13-iyuldagi 10-son qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 2-sentabrdagi kelishuviga asosan tashkil etilgan.  

Mutaxassislik kafedrasi sifatida 60310400 – Iqtisodiy xavfsizlik, 60411200 – Menejment (tarmoqlar va sohalar bo’yicha), 60411300 – Biznesni boshqarish (tarmoqlar bo’yicha), 61010100 – Mehmonxona xo’jaligini tashkil etish va boshqarish, 61010400 – Turizm (faoliyat yo’nalishlari bo’yicha) ta’lim yo‘nalishlari bo’yicha bakalavr hamda 71010101-Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish mutaxassisligi bo‘yicha magistrlarni tayyorlaydi. 

Hozirda kafedrada 1 nafar fan doktori (DSc), 5 nafar falsafa doktorlari (PhD) va fan nomzodlari, 2 nafar katta o‘qituvchilar, 4 nafar o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda. Kafedrada faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati 50 foizni tashkil etadi.

Kafedrada “Milliy iqtisodiyot tarmoqlari raqobatbardoshligini boshqarishning tashkiliy-uslubiy mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusida kompleks ilmiy-tadqiqotlar olib borilmoqda. Menejment kafedrasining ilmiy-tadqiqot faoliyatining ustivor yo‘nalishlari sifatida quyidagi mavzular va vazifalar belgilab olingan:

  1. Iqtisodiy faoliyatda xatarlarni boshqarish metodologiyasini takomilllashtirish

  2. Farg‘ona vodiysida ekoturizmni rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish

  3. Turizm sohasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish mexanizmini takomillashtirish

  4. Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida tarixiy-madaniy turizmni rivojlantirish

  5. Aholi daromadlarini oshirishning institutsional tizimini takomillashtirish

  6. Ijtimoiy sohalarni moliyaviy ta’minlash tizimini takomillashtirish

  7. Oliy o‘quv yurti talabalarida moliyaviy savodxonlikni rivojlantirishning pedagogik texnologiyalari

  8. Iqtisodiyot yo‘nalishi talabalariga “Buxgalteriya hisobi” fanini o‘qitishning innovatsion texnologik metodlari

“Menejment” kafedrasida o‘qitiladigan Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish, Turizm (faoliyat turlari va yo‘nalishlari bo‘yicha), Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha), Biznesni boshqarish, Iqtisodiy xavfsizlik ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalardan fan, ta’lim, intellektual bilim, ijodkorlik va sport sohalari bo‘yicha 43 nafar eng iqtidorli talabalar saralab olingan bo’lib, “Yosh olimlar maktabi”ning faol a’zolari hisoblanadilar.

Kafedrada “Ustoz-shogird” tizimi bo‘yicha amaliyotga joriy etish va iqtidorli talabalarni professor-o‘qituvchilarga biriktirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilgan. Jumladan “Ustoz-shogird” tizimi asosida tegishli mutaxassisligi bo‘yicha professor-o‘qituvchilarga iqtidorli talabalar biriktirildi. Muntazam ravishda kafedra yig‘ilishlarida iqtidorli talabalar bilan holatini o‘rganish bo‘yicha monitoring qilib borildi. Iqtidorli talabalardan tarkib topgan “Yosh menejer” to‘garagi faoliyat ko‘rsatadi. 

Kafedrada iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish, ularni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli Davlat stipendiyalariga tayyorlash, shuningdek xalqaro, respublika va universitet miqyosida o‘tkaziladigan anjumanlar, fan olimpiadalari va turli tanlovlarda faol ishtirokini ta’minlash borasida professor-o‘qituvchilar tomonidan samarali ishlar amalga oshiriladi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2022-yil 14-fevraldagi 52-sonli buyrug‘iga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi bakalavriat uchun ta’sis etilgan Navoiy nomli davlat stipendiyasi 2021/2022-o‘quv yili tanlovi sohibi etib Mehmonxona xo’jaligini tashkil etish va boshqarish ta’lim yo‘nalishining 4-bosqich talabasi Irisboyev Shoxruxbek Nurmuxammad o’g’li, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2022-yil 19-dekabrdagi 413-sonli buyrug‘iga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi bakalavriat uchun ta’sis etilgan Navoiy nomli davlat stipendiyasi 2022/2023-o‘quv yili tanlovi sohibi etib, Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishining 4-bosqich talabasi Axmadjanova Muxtasar Anvar qizi loyiq deb topilgan.

Menejment kafedrasida ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashning istibolli rejasiga asosan 8 nafar professor-o‘qituvchilardan 4 nafar DSc va 4 nafar PhD ilmiy darajalarini olish uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.

Kafedra professor-o‘qituvlari tomonidan 2 ta darslik, 5 ta o‘quv qo‘llanmalar, 10 ta monografiya, 200 dan ortiq xalqaro va respublika ilmiy jurnallarda va ilmiy-amaliy konferensiyalarda maqola va tezislar chop etilgan.

Kafedra respublika va xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan o’quv, o’quv-uslubiy, ilmiy tadqiqot va o’zaro tajriba almashish bo’yicha samarali hamkorlik aloqalarini o’rnatgan. Jumladan, Tashkent davlat iqtisodiyot uniersiteti,  Samarqand davlat universiteti, Andijon davlat universiteti, Farg’ona davlat universitetlari, shuningdek jahondagi 1000 top universitetlari ro’yxatiga kirgan Janubiy Koreya davlatidagi Keimyung University, Yeungnam University va Inha University hamda Turkiya davlatidagi Necmettin Erbakan universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatgan.

Kafedra faoliyati davomida Mehmonxona xo’jaligini tashkil etish va boshqarish, Turizm (faoliyat yo’nalishlari bo’yicha) ta’lim yo‘nalishlarini 100 dan ziyod talabalar tamomlab, milliy iqtisodiyotimizning turli soha va tarmoqlarida ishlamoqdalar, magistraturada tahsil olmoqdalar.

Ma'lumotlar

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image