Daminjonov Sobirjon Muxammadjonovich
Amaliy ingliz tili kafedrasi Namangan davlat universiteti, Ingliz filologiyasi fakultetining tarkibiy bolinmasi xisoblanib, unda bir yoki bir necha turdosh fanlar bo’yicha o’quv, oquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni, shuningdek, ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish hamda ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar amalga oshiriladi. Hozirda kafedraga Daminjanov Sobirjon Muhammmadjonovich mudirlik qiladi.
Kafedra 2019 yilda tashkil etilgan. Kafedra tarkibiga professor-o’qituvchilar va xodimlar toifasiga kiruvchi kafedra mudiri, 1 nafar dotsent, 7 nafar katta o’qituvchi, 8 nafar o’qituvchi (assistent), 11 nafar o’qituvchi-stajyorlar hamda 9 nafar tayanch doktorant shuningdek, 1 nafar kabinet mudiri kiradi.
Kafedra 60111800–Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) bakalavriat yo’nalishi kunduzgi va kechki ta’lim talabalariga bilan ta’lim-tarbiya beradi.
Kafedrada 10 nafar tayanch doktorantlar mavjud. Ulardan 4 nafari 1 kurs va 5 nafari kurs doktoranlari bo’lib ularning dissertatsiyalari reja asosida amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari Holmatova Mahbuba, Abdurahmonova Hushnoza, Nematjonova Dilafruzlar mustaqil izlanuvchilardir. Ularning mavzulari OAK byulitenida e’lon qilingan va dissertatsiyalarning yakuniy bosqichi yozilish jarayoni ketmoqda
Kafedra o’qituvchilarining Xalqaro e’tirof etilgan jurnallarda, respublika miqyosidagi jurnallarda yuzdan oshiq maqolalari chop etilgan, jumladan o’tgan 2023 yilda xalqaro jurnallarda 33 ta, respublikada 42 ta maqolalar chop etildi va davom etmoqda.
Kafedra professor oqituvchilar tomonidan: “”English Matters” Student’s book, “English Matters” Teacher’s book, “B2READY”, “Cultural Bridges”, “Литературоведение”, “Sociolinguistics” kabi darslik va qo’llanmalari, “Сборник лекций и семинарских заданий по дисциплине Литературоведение” nomli ma’ruzalar to’plami chop etilgan.
Joriy yilda kafedra professor oqituvchilar dunyoning nufuzli 1000 taligiga kiruvchi oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlik qilishni davom ettirish maqsadida Namdu va nufuzli universitetlari o’rtasidagi ilmiy hamkorlik doirasida shartnoma tuzib, stajirovka otashni rejalashtirilgan.
Ma'lumotlar
- Manzil: NamDU
- Qabul kunlari: Qabul kunlari:
- Email: daminjanovsobirjon@gmail.com
- Telefon:+99894 508 5585


