G’apparov Elyorjon Otabekovich
2007-2011-yillarda Toshkent viloyati pedagogika institutida “Milliy istiqlol g’oyasi, huquq va ma’naviyat asoslari” yo’nalishi bakalavr, 2016-2018-yillarda Namangan davlat universitetida “Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o’qitish metodikasi (ma’naviyat asosalari)” magistratura mutxassisligini tamomladi.
2018-yildan boshlab NamDU Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasida o‘qituvchi, katta o‘qituvchi va dotsent vazifasini bajaruvchi lavozimlarida ishlab keldi.
G’apparov Elyorjon Otabekovich ilmiy tadqiqot sohasida ham samarali ish olib bordi. U 2022-yil 09.00.04.-“Ijtimoiy falsafa” ixtisosligi bo’yicha “Ijtimoiy innovatsiyalarning jamiyatni demokratlashtrishtirishdagi o’rni va ahamiyati” mavzusidagi doktorlik(PhD) dissertatsiyasini himoya qildi.
Ilmiy tadqiqot faoliyati jamiyatni demokratlashtirish jarayonlarini ijtimoiy innovatsiyalar asosida amalga oshirish bilan bog’liq muammolarini tadqiq etishga qaratilgan. Tadqiqot natijalariga ko’ra 50 dan ortiq ilmiy ishlar chop ettirdi. Respublika ilmiy – amaliy konferensiyalarida ishtirok etdi. U ijtimoiy falsafa muammolariga bag‘ishlangan monografiya, Tarbiya fanini o’qitish bo’yicha 1 ta va Mafkuraviy jarayonlarni tizimli tahlil etish bilan bog’liq muammolarga bah’ishlangan 1 ta o’quv qo’llanma, milliy g’oya turkumiga kiruvchi fanlarni o’qitish bo’yicha risola va bir necha uslubiy qo‘llanmalar muallifidir.
2023 -yildan boshlab kafedrani boshqarib kelmoqda.
Fuqarolik jamiyati va huquq ta’limi kafedrasi
“Fuqarolik jamiyati va huquq ta’limi” kafedrasi mustaqillik yillarida talim tizimidagi o’zgarishlar, optimallashtirishlar asosida turlicha nomlanib kelingan. 2001-yil 18-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» fani bo‘yicha ta’lim dasturlarini yaratish va respublika ta’lim tizimiga joriy etish to‘g‘risida”gi Farmoyishi qabul qilindi. Mazkur farmoyish ijrosini ta’minlash barobarida mamlakatimizdagi 17 ta oliy yurtlaridan biri sifatida Namangan davlat universitetida “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” yo‘nalishiga 2001 yili 20 nafar talaba o‘qishga qabul qilindi. Tarix fakulteti tarkibida bo‘lgan ushbu yo‘nalish talabalariga dastlabki yillarda ijtimoiy – gumanitar fanlardan “Jahon tarixi” kafedrasi va mutaxassislik fanlaridan huquqshunoslik kafedralarining professor- o‘qituvchilari dars berishdi.
2005-yilda “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” va “Ijtimoiy madaniy faoliyat yo‘nalish ” lari birlashtirilib “Ijtimoiy- gumanitar fanlar” bo‘limi tashkil etildi. 2001-2005-yillarda bu yo‘nalishga tarix fanlar nomzodi Soliev Rustam Sultonmurodovich rahbarlik qildi. Yo‘nalish talabalariga o‘tilayotgan o‘quv mashg‘ulotlari sifatini yanada oshirish maqsadida 2005-yilda “Ijtimoiy – gumanitar fanlar” kafedrasi tashkil etildi, 2006 -yildan mazkur kafedra “Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari” kafedrasi, 2008 yildan “Milliy g‘oya, ma’naviyat va huquq asoslari” kafedrasi deb yuritila boshladi. 2005-2012-yillarda ushbu kafedraga falsafa fanlar nomzodi Mamatov Obidxon Vaqqosovich rahbarlik qildi. Kafedrada dotsentlar Akmal Xusainov, Sodiqjon Norqo’ziev, fan nomzodlari: Egamberdi Bozorov, Toxirjon Qozoqov, yosh o‘qituvchilar: Barotjon Ibrahimov, Bobomurod Tillaev, Xurshid Mirzaaxmedov, Akmal Abdullaevlar faoliyat ko‘rsatishdi.
2012-2017- yillarda kafedraga tarix fanlari nomzodi, dotsent Talapov Bahriddin Alijanovich boshchilik qildi. 2015-yil sentyabr oyidan boshlab Huquqshunoslik kafedrasi Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi bilan birlashtirildi. 2019-yilning sentabr oyidan boshlab kafedra “Milliy g’oya va huquq ta’limi”, 2023-yilning sentabridan boshlab “Fuqarolik jamiyati va huquq ta’limi” deb yuritila boshlandi. 2023-yilning may oyidan boshlab kafedraga falsafa fanlari doktori(PhD) G’apparov Elyorjon Otabekovich rahbarlik qilib kelmoqda.
Bugungi kunda kafedrada 8 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularadan 2 nafari fan doktori(Dsc), 1 fan doktori(PhD), 1 nafar professor va dotsent. Kafedraning ilmiy salohiyati 35 % tashkil etadi. Kafedraning barcha professor-o‘qituvchilari istiqbolga mo’ljallangan ilmiy va ilmiy-uslubiy tadqiqotlar rejasi asosida ilmiy ishlar olib bormoqdalar.
Ilmiy tadqiqot ishlari
Fuqarolik jamiyati va huquq ta’limi kafedrasining ilmiy-tadqiqot faoliyatini ustivor yo‘nalishi “O‘zbekistonda milliy demokratik taraqqiyot va ma’naviy rivojlanish masalalari” ga qaratilgan.
Kafedrada faoliyat olib borayotgan professor – o’qituvchilarni ilmiy salohiyatini oshirish borasida salmoqli ishlarni amalga oshirilmoqda. Xususan 2022-yilida G’apparov Elyorjon Otabekovich 09.00.04.-Ijtimoiy falsafa ixtisosligi bo’yicha “Ijtimoiy innovatsiyalarning jamiyatni demokratlashtirishdagi o’rni va ahamiyati” mavzusida doktorilik(PhD) ishini, 2023-yilda Ismoilov Temurbek Islomovich 13.00.07 - Talimda menejment ixtisosligi bo’yicha “Oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish va boshqarish jarayonlariga akademik mustaqillik prinsiplarini joriy etish istiqbollari (rivojlangan davlatlar tajribasi misolida)” mavzusida doktorlik(DSc) ishini, Talapov Baxriddin Alijanovich 09.00.02-Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi(huquq falsafasi) ixtisosligi bo’yicha “O’zbekistonda milliy demokratik taraqqiyotning falsafiy-huquqiy masalalari” mavzusida doktorlik(DSc) ishini himoya qildi. Ismoilov Temurbek Islomovich dotsent, Talapov Baxriddin Alijanovich professor unvoniga sazovar bo’ldi. Shuningdek, kafedrada o’qituvchilaridan Habibullayev Marufjon Odiljon o’g’li falsafa fanlari bo’yicha falsafa doktori PhD unvonini olish uchun ilmiy seminardan o’tdi, Sultonov Akmaljon Xasanovich va Tillayev Bobomurod Abduvoxobovichlarning ilmiy tadqiqot mavzusi OAK jurnalida e’lon qilindi. O’qituvchi Satvoldiyev Faxriddin Akbarali o’g’lining pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori PhD ilmiy unvonini olish uchun hujjatlarini ilmiy kengashga topshirdi.
Kafedra katta o’qituvchisi B. Tillayev tomonidan 2022-yilda “Тарбия фани муаммолари ва унга ананавий ва замонавий ёндашувлар” nomili o’quv qo’llanma, kafedra dotsenti T. Ismoilov tomonidan 2022-yilda “Tarbiya nazariyasi va amaliyotida falsafa, mafkura va ma’naviyat masalalari” nomli o’quv qo’llanma, Milliy g’oya, ma’naviyatning pedagigik asoslari nomli darslik, kafedra dotsenti G’apparov Elyorjon Otabekovich tomonidan 2022-yilda “Milliy tarbiya tarixi va nazariyasi”, 2023-yilda “Mafkuraviy jarayonlarning tizimli tahlili” nomli o’quv qo’llanma, kafedra professori Talapov Baxriddin Alijanovich tomonidan 2023-yilda “O’zbekistonda demokratiya va milliy demokratik taraqqiyot masalalari” nomli darslik Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyrug’iga asosan nashr etildi.
Hamkorlik aloqalari
Kafedra jamoasi Respublikadagi yetakchi oliy o‘quv yurtlari va ilmiy tadqiqot institutlari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatgan. Jumladan, O‘zbekiston Milliy universiteti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Andijon va Farg‘ona davlat universitetlari, Qo‘qon davlat pedagogika instituti bilan hamkorlik aloqalari rivojlanib bormoqda.
Ayni vaqtda kafedra jamoasi Namangan davlat universiteti qoshidagi 1-akademik litsey, Namangan yuridik kolleji, Namangan viloyati Yangiqo’rg’on tumanidagi 11-maktab, Namangan shahridagi 20-maktab bilan korporativ hamkorlik aloqalari o‘rnatgan.
Xorijiy aloqlar
Kafedra professor- o‘qituvchilari xorijiy oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot institutlari bilan hamkorlik, malaka oshirish , xalqaro grantlar bilan ishlashga ham alohida e’tibor qaratib kelmoqdalar. Chunonchi, kafedra mudiri B. Talapov 2003 yili Malayziyaning Mara universitetida “Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari va ulardan samarali foydalanish” yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirgan. U TEMPUS dasturining TUCAHEA - “Markaziy Osiyo Oliy ta’lim kengligini yaratish yo‘lida struktural adaptatsiya va ta’lim sifatini oshirish” xalqaro grantining a’zosi. U mazkur grantning Samarqand(2014 yil), Namangan(2015 yil) va Bishkek (2015 yil ) shaharlarida o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishlarida o‘zining ma’ruza va takliflari bilan ishtirok etdi. Shuningdek, u Yevropa Ittifoqi Komissiyasining Erasmus + loyihasi doirasida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Bosh ilmiy-metodik markaz, Rezekne texnologiya akademiyasi(Latviya), London Metropolitan Universiteti (Buyuk Britaniya), Peloponnes Universiteti(Gretsiya), O‘zbekistondagi Britaniya Kengashi va respublikamizdagi 7 ta oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda “O‘zbekistonda oliy ta’lim jarayonlarini modenizatsiyalash” mavzusidagi 2016-2018 yillarga mo‘jallangan loyihaning faol a’zosidir. Ayni vaqtda kafedra professor- o‘qituvchilarining Rossiyaning Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Qozon, Chelyabinsk, Ukrainaning Kiev va Germaniyaning Shtutgard shaharlarida nashr etiladigan ilmiy-nazariy jurnalarida ilmiy maqolalari chop etildi. Ularning asosiy qismi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy sohadagi islohotlarning mazmun – mohiyatni yoritishga, ularni nazariy jihatdan umumlashtirishga qaratilgan.
Iqtidorli talabalar bilan ishlash
Kafedrada iqtidorli talabalar bilan rejali ish olib borish yo‘lga qo‘yilgan. Kafedrada 23 nafar talaba iqtidorli talaba sifatida faoliyat olib bormoqda. Barcha iqtidorli talabalar yetakchi o‘qituvchilariga biriktirilgan va ular bilan individual ishlar olib borishmoqda. Ularning ilmiy –tadqiqot ishlarini olib borishi ilmiy maqolalar yozish, ilmiy konferensiyalarga tayyorlash bo‘yicha tizimli ishlar tashkil etilgan. Iqtidorli talabalarning ilmiy maqola va tezislari xalqaro, respublika va oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilayotgan konferensiyalar materiallari va ilmiy to‘plamlarida chop etib kelinmoqda. Iqtidorli talabalarning ko‘plab maqolalari kafedra jamoasi tomonidan nashr etib kelinayotgan “Salohiyat-Mezon” nomli davriy ilmiy to‘plamda muntazam nashr qilib kelinmoqda.
Hozirda kafedra qoshida “Yosh targ‘ibotchi” talabalar to‘garagi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Uning bir oyda ikki marta mashg‘ulot o‘tkazilib, unda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalarga to‘garak rejasi asosida ilmiy-tadqiqot va milliy g‘oya targ‘iboti ishlarini olib borishning uslublari to‘g‘risida ma’ruza va davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.
2023-yili Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishi Qosimov Xamidullo “Navoi” nomidagi atama stipendiya sohibi bo‘ldi.
2023-yildan boshlab kafedraga falsafa fanlari bo’yicha falsafa doktori(PhD) G’apparov Elyorjon Otabekovich rahbarlik qilib kelmoqda
Ma'lumotlar
- Manzil: NamDU
- Qabul kunlari: har kuni, 09:00-17:00
- Email: elyorjon147@gmail.com
- Telefon:+99894 742 3334


