• shape
  • shape
  • shape
team

Mavlanova Sadbarxon Abdukarimovna

Fiziologiya kafedrasi “Odam va hayvonlar fiziologiyasi” nomi bilan 1984 - yilda tashkil topgan bo`lib, 1984-yildan 2013-yilgacha b.f.n. dotsent A.N. Aripov  kafedra mudiri lavozimida ish olib borgan. Hozirgi kunda kafedra mudiri lavozimida b.f.n., dotsent S.A. Mavlanova faoliyat yuritmoqda.

Kafedra asosan fakultetlararo faoliyat olib boradi. Kafedra tarkibi asosiy shtatlarda 10 nafar professor – o’qituvchilardan iborat. Shulardan, 1 nafar fan doktori, professor, 2 nafari fan nomzodi va dotsentlar, 2 nafar biologiya fanlari bo`yicha falsafa doktori (PhD), 2 nafar katta o`qituvchi, 2 nafar o`qituvchi, 1 nafar stajiyor-oqituvchi faoliyat olib borishadi. Ilmiy salohiyat 50 % ni tashkil etadi.

Fiziologiya kafedrasi Tibbiyot fakulteti tarkibiy bo’linmasi xisoblanib, universitetning barcha pedagogik yo’nalishlarida dars mashg’ulotlarini olib boradi. Kafedra o`quv yuklamasidagi “Odam va hayvonlar fiziologiyasi”, “Odam fiziologiyasi”, “Odam anatomiyasi. Genetika”, “Anatomiya”, “Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi”, “Biokimyo va sport biokimyosi”, “Yosh fiziologiyasi va gigiena”, “Fiziologiya va sport fiziologiyasi”, “Neyrofiziologiya”, “Normal fiziologiya”, “Tibbiy va biologik fizika” kabi fanlardan professor-o’qituvchilar dars mashg’ulotlarini olib boradlari.

70510101-Biologiya (Odam va hayvonlar fiziologiyasi) mutaxassisligi bo’yicha magistrlar tayyorlaydi.

Kafedrada 03.00.08- Odam va hayvonlar fiziologiyasi mutaxassisligi bo’yicha maqsadli doktorantura mavjud. 

PhD.03/30.12.2019.V.76.01. raqamli 3.00.05 Botanika, 03.00.05 Odam va hayvonlar fiziologiyasi ixtisoslik kengashi faoliyat olib boradi

Kafedra professor – o’qituvchilari tomonidan olib borilayotgan ilmiy – tadqiqot ishlari yo’nalishlari quyidagicha:

Organizmdagi fiziologik va biokimyoviy jarayonlarga turli biologik faol moddalar va emotsional stressing tasirini o`rganish; termogenezning mitoxondrial mexanizmlari; hazm fiziologiyasining dolzarb masalalri; geronotologik ilmiy muammolarni tadqiq qilish;

Kafedraning hamkorligi va aloqalari: Fiziologiya kafedrasi Rossiya Funktsional xirurgik gastraenteralogiya ITM (Krasnodar shahri), V.M. Bexterev nomli Sankt-Peterburg psixonevrologiya ITI, O’zR FA Bioorganik kimyo inistituti, O’zMU xuzuridagi Biofizika va Biokimyo inistituti , ADU, AndMI va boshqa OTMlar  bilan hamkorlikda ilmiy aloqalar o’rnatilgan. Bunda turli ilmiy maqolalar, to’plamlar, o’quv qo’llanmalar tayyorlash va ularni chop ettirishda kafedra a’zolari faol ishtirok etmoqdalar. Shuningdek, yuqoridagi ilmiy muassasalar yordamida kafedra uchun ilmiy kadrlar tayyorlash yo’lga qo’yilgan.

Kafedrada talabalarning «Yosh fiziolog» nomli ilmiy to’garagi faoliyat ko’rsatadi. Ular ishtirokidagi 25 dan ortiq maqolalar va tezislar ilmiy jurnallar va anjumanlar to’plamlarida chop etilgan.

Ma'lumotlar

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image