Nabiyev Akramjon Botirjonovich
“Kasb ta’limi kafedrasi” kafedrasi 1958-yildan boshlab “Fizika” kafedrasi bazasida “Ishlab chiqarish asoslari” nomi bilan tashkil topgan. Kafedrani 1968 yildan 1981 yilgacha katta o’qituvchi O.Eshonov, 1982-1984 yillar fizika-mataematika fanlar nomzodi, dotsent G.Xusanov, 1984 yildan 1986 yilgacha yana professor O.Eshonov, 1986-1989 yilda dotsent G.M. Tubayev, 1990-1993 yillarda professor A.Rahimov, 1993-1997 yillarda dotsent T.I.Umaraliyev, 1997-2005 yillarda pedagogika fanlari nomzodi, dotsent S.X Abdullayev, 2005 yildan boshlab dotsent T.I.Umaraliyev, 2006-2015 yilar dotsent I.T.Uluxanov, 2015-2017 yillar dotsent X.Akramov, 2017 yil yanvar oyidan 2018 yil oktabr oyigacha dotsent I.T.Uluxanov, 2018 yildan 2020 yilgacha A.Matkarimov boshqargan. 2020-yil kafedra ikkiga bo’lindi, Texnologik ta’lim kafedrasiga dotsent X.Akramov va Hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasiga dotsent A.Nabiyev kafedraga rahbarlik qilishdi. 2023 yilga kelib o’quv yili boshida kafedralar qayta birlashtirildi. Kasb ta’limi kafedrasi qayta tashkil qilindi. 2023-yildan dotsent A.Nabiyev Kasb ta’limi kafedrasi mudiri vazifasini bajarib kelmoqda.
Kasb ta’limi kafedrasining bugungi kuni
Bugungi kunda “Kasb ta’limi” kafedrasida 9 nafar professor o’qituvchilar faoliyat olib bormoqdalar. Pedagogika fanlari doktori (ScD), dotsent S.X Abdullayev, Pedagogika fanlari nomzodi professor X.M.Akramov, Fizika-matematika fanlari nomzodi dotsent I.T.Uluxanov, Texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent A.B.Nabiyev, Katta o’qituvchilar: A.S.Sayfitdinov, J.R.Muhitdinova, M.A.Ibrohimov, O’qituvchilar: J.M.Nasriddinov, A.O.Nuraliyev, Kabinet mudiri: M.A. Koxxorova, Ishlab chiqarish ta’lim ustasi: A.V.Abdullayev, S.I.Imodovalar faoliyat yuritmoqdalar. Kafedra tasarrufida hozirda 61020100 – Hayot faoliyati xavfsizligi, 60112400 – Professional ta’lim (60720700 – texnologik mashinalar va jihozlar), 60112300 – Texnologik ta’lim ta’lim yo’nalishlarida bakalavr mutaxassislari tayyorlanmoqda.
Kafedra hamkorlik aloqalari
Kafedra professor-o`qituvchilarining xalqaro hamkorlik ishlari to`g`risida: 2015-2016 yillarga mo`ljallangan “Xalq hunarmandchiligi va milliy kashtachilik orqali madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish” nomli Germaniya hukumati tomonidan moliyalashtirilgan xalqaro loyihada ishtirok etgan. 2017-2019-yillarga mo`ljallangan “Kashta bezagi va tekistil dizayn san`atining estetik, marketining va iqtisodiy jihatlari” nomli Germaniya hukumati tomonidan moliyalashtirilgan professor Irina Xundt rahbarligidagi Xalqaro loyihada ishtirok etgan. Kafedra hozirgi kunda quyidagi korxona va tashkilotlar bilan hamkorlik qilib kelmoqda:
-
Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi
-
Namangan viloyati Mehnat muhofazasi Mutaxassislari Assotsiatsiyasi
-
O’zbekiston respublikasi kambag’allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Namangan viloyati Monomarkazi
-
Namangan viloyati texnikumlari
-
Namangan viloyati xalq ta’limi boshqarmasi
-
Hududiy Barkamol avlod bolalar maktabi
Kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘tgan yillar davomida ilmiy-tadqiqotchilik salohiyatiga ega iqtidorli talabalar bilan individual ishlashga alohida e’tibor qaratilib kelmoqda.
Kafedrada 10 ortiq o’quv qo’llanma va darsliklar va 4 ta monografiya nashr ettirilgan, 40dan ortiq maqolalar xorij jurnallarida chop ettirilgan.
Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari
Kafedra professor-o’qituvchilari quyidagi yo’nalishlarda ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar:
-
Ta`lim jarayonini tashkil etish va boshqarishning zamonaviy usullari.
-
Ta`lim jarayonida hayotiy faoliyat xavfsizligining o`rni.
-
Hayot faoliyati xavfsizligi ta’limi yo’nalishlarida kasbiy qobilyatlarni rivojlantirish masalalari
-
Mutaxassis tayyorlanishning sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlar hamkorligi samarasi bo`yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar
Kafedra dotsenti A.Nabiyev B2023.4.DSc/Ped754 “Bo’lajak professional ta’lim o’qituvchilarining sinergetik integratsiya vositasida deontologik kompetentligini takomillashtirish” mavzusida
Kafedra katta o’qituvchisi A.Sayfitdinov B2023.2.PhD/Ped4869 “Ta’lim muassasalarida xavfsiz hayotiy faoliyat madaniyatini rivojlantirishning pedagogik asoslari” mavzusida.
Kafedraning ilmiy saloxiyati 44,5 % ni tashkil qiladi.
Ma'lumotlar
- Manzil: NamDU
- Qabul kunlari: har kuni, 09:00-17:00
- Email: abnabiyev@mail.ru
- Telefon:+99893 594 1655


