• shape
  • shape
  • shape
team

Najmiddinova Hilola Yokubjanovna

Kafedraning qisqacha tarixi:

2020 yilning oktyabr oyida Matematika kafedrasi ikkiga bo‘linib, Oliy matematika kafedrasi hamda Matematik analiz kafedrasi bo‘ldi. Dastlab kafedrada 14 nafar professor-o‘qituvchilar asosiy shtatda faoliyat olib borganlar. Ulardan 3 nafari fan nomzodlari edi.

2023 yil sentabr oyida Oliy matematika kafedrasining nomi ”Algebra va matematika o‘qitish metodikasi” nomiga o‘zgartirildi. Hozirgi kunda Algebra va matematika o‘qitish metodikasi kafedrasida 1 nafar fan doktori, professor, 1 nafar fan nomzodi, dotsent, 1 nafar dotsent, 1 nafar PhD, 4 nafar katta o‘qituvchi, 6 nafar o‘qituvchi faoliyat olib boradi.

 

Kafedraning innavatsion hamkorligi quyidagicha:

Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarining natijalari, matematika va uni o`qitish metodikasiga oid ilmiy maqolalari xalqaro, respublika va NamDU ilmiy jurnallarida chop etib kelinmoqda. 

Kafedrada algebra, chiziqli algebra va analitik geometriya, diskret matematika va matematik mantiq, matematik analiz, oliy matematika va matematika fanlari o‘qitiladi. Kafedra jamoasi O'zbekiston FA matematika institutining yirik olimlari bilan hamkorlikda faoliyat olib boradilar

  Hоzirgi kundа Pеdаgоgikа fanlari doktori, professor Х.Nаjmiddinоvа, fizikа – mаtеmаtikа fаnlаri nоmzоdi, dotsent Yu.Toshmirzayev, fizika – matematika fanlari bo`yicha falsafa doktori (PhD) O‘.Mamadaliyev, dotsent R.Polvanov, katta o‘qituvchilаr I.Tillaboyev, F.Xolmurodov, R.Sobitov, J.Egamov, o‘qituvchilar Z.Sotimboyeva, O.Alixonov, N.Qodirova, Sh.Maxsudova, Sh.Umirzaqov, Sh.G‘ayniddinovlar kаfеdrаdа o`zlarining o‘quv vа uslubiy ishlаrni оlib bоrmоqdаlаr.

 Kafedraning vazifalari

Kafedraning vazifasi o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma'naviy-axloqiy va tarbiyaviy hamda tashkiliy-uslubiy ishlarni qamrab olgan istiqboliy va joriy (yillik) rejalarga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu rejalar va kafedra faoliyatiga tegishli boshqa vazifalarning bajarilishi kafedra mudiri raisligida o‘tkaziladigan majlislarda muhokama etiladi. Kafedra majlislariga boshqa kafedralar va oliy ta'lim muassasalaridan xodimlar taklif etilishi mumkin.

 Kafedraning ilmiy salohiyati:

Hozirgi kunda kafedrada asosiy tarkibda 14 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatadi. Ulardan, 4 nafari ilmiy darajali va ilmiy unvonli. Kafedra ilmiy salohiyati 28,57 foizni tashkil etadi.

Kafedra professor-o‘qituvchilarining tayanch ma'lumotlari kafedra yo‘nalishi va unda o‘tiladigan fanlarga mos keladi.

 

Ma'lumotlar

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image