Sulaymonov Mo`minjon Yusubjonovich
Oʼzbek adabiyotshunosligi kafedrasi 1942 yil Namangan oʼqituvchilar oliy bilim yurti tashkil etilgan paytlardan boshlab faoliyat yuritib kelmoqda. Аyrim yillarda “Oʼzbek tili va adabiyoti kafedrasi” nomi bilan ham yuritilgan. Shuning uchun kafedraning tarixi NamDU tarixi bilan chambarchas bogʼliq, desak, mubolagʼa emas. Demak, kafedra bu yil 82 yilligini nishonlaydi.
2021-yildan “O`zbek adabiyotshunosligi ” magistrature yo`nalishi ochildi. Unda 31 nafar talaba tahsil olib, muvaffaqqiyatli tamomladi. Hozirda 22 nafar magistrant talaba tahsil olmoqda. 2023-yildan magistrature yo`nalishlarimiz kengaytirilib, “Matnshunoslik” yo`nalishi ham ochildi.
Kafedrani turli yillarda atoqli adabiyotshunos olimlar: dotsent Tojiboev Gʼoziboev, dotsent Salohiddin Jamolov, dotsent Nuriddin Boboxoʼjaev, professor Odiljon Nosirov, dotsent Oʼgʼiloy Аzimova, dotsent Mahmudjon Maʼmurov, dotsent Faridaxon Karimova va boshalar tomonidan boshqarilgan. Kafedra olimlari oʼzbek adabiyotshunosligining dolzarb muammolariga bagʼishlangan ilmiy tadqiqotlar yaratganlar. Namanganlik adabiyotshunoslar orasida ilk fan nomzodi sifatida Tojibov Gʼoziboyev nomini tilga olish zarur. Olim oʼzbek adabiyotshunoslari orasida dastlabki folklorshunoslardan biridir. Chunki 1956-yilda “Fozil Yoʼldosh oʼgʼli ijodi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan edi. Qirq yil davomida talabalarga oʼzbek xalq ogʼzaki ijodi fanidan dars berish bilan birga yuzlab folklor namunalarini: maqollar, qoʼshiqlar, ertaklar, afsona va rivoyatlar, dostonlarni yozib olgan. Bu ishga talabalarni ham jalab qilib, folklor amaliyoti davrida juda koʼp xalq ogʼzaki ijodi ijrochilarini aniqladi. Olim yozib olgan oʼnlab xalq dostonlari va boshqa folklor namunalari Oʼzbekiston Fanlar Аkademiyasi Аlisher Navoiy nomidagi til, adabiyot va folklor instituti Folklor fondida saqlanmoqda. T. Gʼoziboyev bir necha monografiya va uslubiy qoʼllanmalarning muallifidir.
Salohiddin Jamolov birinchi boʼlib Zahiriddin Muhammad Boburning jahonga mashhur “Boburnoma” asarining badiiy asr ekanligini isbotlab bergan olim edi. 1962-yilda “Boburnoma”ning badiiy xususiyatlari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Dotsent Nuriddin Boboxoʼjayev Zulfiya xonim (Zulfiya Isroilova) ijodi haqida birinchi ilmiy tadqiqot olib borgan olimdir. U professor Ozod Sharofiddinov rahbarligida “Zulfiyaning badiiy mahorati” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Professor Odiljon Nosirov professor Natan Mallaevning ilmiy rahbarligida 1969-yilda “Oʼzbek adabiyotida gʼazal janri” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1972-yilda “Oʼzbek adabiyotida gʼazal” nomli monografiyasini nashr ettirdi. Olim ilmiy tadqiqotlar bilan birga badiiy tarjima sohasida ham salmoqli ishlarni amalagi oshirgan. Litva adibi Yonas Аvijyuusning Davlat mukofotiga sazovor boʼlgan “Judolikdagi yillar” romanini va Litva ertaklarini rus tilidan oʼzbekchaga tarjima qilgan.
Professor O. Nosirov rahbarligida bir guruh olimlar tomonidan Oʼzbekistonda birinchi marta “Аn-Naim” nomli arabcha-oʼzbekcha lugʼat tuzildi va 2003-yil Toshkentda 3000 nusxada chop etildi. Bu lugʼatga arab tilida faol qoʼllanadigan 50000 ta soʼz kiritilgan edi. Keyinchalik bu lugʼat dotsent Muhammadjon Yusupov va katta oʼqituvchi Yunusxon Rahmatullaevlar tomonidan qayta ishlab, toʼldirib, yana 10000 ta soʼz qoʼshildi va “Аn-Naim al-Kabir” nomi bilan har yili nashr qilinmoqda.
Dotsent Mahmudjon Maʼmurov 1970-yilda professor Natan Mallaev ilmiy rahbarligida “Oʼzbek sheʼriyatida folьklor anʼanalari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. M. Maʼmurov oʼnlab sheʼriy toʼplamlar va esdalik kitoblarini chop ettirgan.
Dotsent Oʼgʼiloy Аzimova oʼzbek dramaturgiyasining yutuqlari haqida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Dotsent Maʼmuraxon Jamolova 1993-yil “Oʼzbek adabiyotida noma janri” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan va shu nomda monografiya chop ettirgan.
DotsentObitjon Karimov 2012-yil "Abdulla Oripov she'riyatida metaforik obrazlar" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. 2014-yil dotsent unvoniga ega bo'lgan. Hozirgacha 450 ga yaqin ilmiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-ommabop maqolalari, 3 monografiya, 2 ta risola va 10 dan ortiq uslubiy ko'rsatma va qo’llanmalari chop etilgan. 2013-yilda Germaniyaning Gamburg 2019-yilda Niderlandiyaning Rotterdam shaharlarida o’tkazilgan xalqaro konferensiyalarqatnashchisi. O’zbekiston Res’ublikasi Xalq tahlimi a’lochisi (1996) . “Adabiyotshunoslikda matn tarixi, irfoniy va estetik talqin muammosi (Nurboy Jabborov tadqiqotlari misolida)” mazusida doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda.
Dotsent Komiljon Аbdullaev 1992 yilda pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan “O‘zbek klassik adabiyotini o‘rganish jarayonida predmetlararo aloqadan foydalanish metodikasi” mavzusidagi dissertatsiyasini himoya qilgan.1 ta darslik, 1 ta monografiya, 3 ta uslubiy qo‘llanma muallifi. Amerika qo‘shma shtatlari, Ispaniya, Hindiston, Qozog‘iston, Tojikiston davlatlari, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Farg‘ona, Andijon, Buxoro, Xorazm, Qarshi, Namangan shaharlarida 130 tadan ortiq ilmiy va uslubiy maqolalar chop ettirgan.1998-yilda “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni, 2016 yilda “O‘zbekiston mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlangan.
Dotsent Faridaxon Karimova 1993-yil “O`zbek adabiyotida debocha” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan va 2008-yilda “O`zbek adabiyotida debocha” mavzusida monografiya nashr ettirgan. 2007-yilda “Navoiydan keying davrda yaratilgan debochalar” mavzusida o`quv-uslubiy qo`llanma nashr ettirgan.2023-yil 28-dekabrda “Sharq adabiyotida debocha va uning poetikasi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi va shu mavzuda monografiyasini ham e`lon qildi. Bir nechta o`quv-uslubiy qo`llanmalar muallifi.
Dotsent Moʼminjon Sulaymonov 1996-yilda “Hofiz Xorazmiy va oʼzbek lirik sheʼriyatining rivoji” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Uning “Hofiz Xorazmiy hayoti va ijodi” nomli monografiyasi 2020-yilda Germaniyada 9 ta tilda chop etildi. Hozirgacha 300 ga yaqin ilmiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-ommabop maqolalari, 20 dan ortiq monografiya, uslubiy ko`rsatma, risolalari chop etilgan.
Dotsent Аbdulhamid Qurbonov 2017-yilda “Аlisher Navoiy “Farhod va Shirin” dostoni sarlavhalarining badiiyati” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Mavzuga oid ikkita monografiyasi chop etilgan.
DotsentTajibayeva Dilfuza ErkinovnaFarg‘ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.27.06.2017.fil.05.02 raqamli ilmiy kengashda 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha “XX asrning so‘nggi choragi o‘zbek she’riyatida poetik uslub muammolari” mavzusidagi dissertatsiya ishini 2018 yil 27 dekabrda himoya qilgan. 2018 yildan buyon filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy unvoniga ega.2022-yil 30-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komisiyasining 03 № 0118885, 319. / 1.-sonli bayonnomasi bilan “O‘zbek adabiyoti“ ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan.
Dotsent Boltaboyeva Ozodaxon Yuldashaliyevna 2019-yilda 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha “XX asr boshlarida Namanganda adabiy harakatchilik: namoyandalari, an’analari, yangilanishi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan va filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan.100 ga yaqin ilmiy maqolalari OAK e’tirof etgan respublika va chet el jurnallarida, xalqaro konferensiya va simpozium to‘plamlarida chop etilgan. Shuningdek, Mulla Yo‘ldosh To‘raboy o‘g‘li Xilvatiyning “Sayrul jibol”, “Qasidai ilm”, “Charog‘i maktab” asarlarini eski o‘zbek yozuvidan joriy imloga o‘girgan, so‘zboshi, lug‘at va izohlar bilan ta’minlangan tabdilini 2014-yilda nashr ettirgan. 2020-yilda “Is’hoqxon to‘ra Ibrat hayoti va adabiy faoliyati” nomli kitobi chop etilgan. 2020-yilda “XX asr boshlari Namangan adabiy harakatchiligi” nomli monografiyasini chop ettirdi.
Saydahmedova Nigora Sulaymonovna “Muhammad Yusuf ijodini sinfdan tashqari ishlar jarayonida o`rganish” mavzusida uslubiy-metodik qo`llanma muallifi. “Muhammad Yusuf ijodini o`rgatishning innovatsion texnologiyalari” mavzusidagi PhD ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya mavzusi OAKning 2020-yil 1-sonida e`lon qilingan. 2023-yilda Muhammad Yusuf ijodini o`rgatishning innovatsion texnologiyalari” mavzusidagi dissertatsiya muvaffaqqiyatli himoya qilindi. Mavzu bo`yicha 30 ga yaqin ilmiy maqolalari OAK e’tirof etgan respublika jurnallarida va xalqaro konferensiyalar to‘plamlarida chop etilgan.
O`qituvchi Jo‘raboyeva Saboxon Anvarxanovnaning 20 ga yaqin ilmiy maqolalari OAK e’tirof etgan respublika va chet el jurnallarida, xalqaro konferensiya va simpozium to‘plamlarida chop etilgan. Hozirda Filologiya fanlari doktori , dotsent F.I.Karimova rahbarligidagi“Mulla Shams Shavqiy Namangoniy ijodiy merosi” mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishini yakunlash arafasida.
O`qituvchi Otaxanova Mahmuda Mamadaliyevna 2021-yil sentabr oyidan o‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasida faoliyat yuritmoqda. Filologiya fanlari doktori , dotsent F.I.Karimova rahbarligidagi “Chustiy lirikasi poetikasi” nomli ilmiy tadqiqot ishi mavzusi OAK byulletenining 2021-yil 1-sonida e’lon qilingan. 2022-yilning oktabr oyida o‘qituvchi lavozimiga e’lon qilingan tanlovdan muvaffaqiyatli o’tgan. 20 ga yaqin ilmiy maqolalari OAK e’tirof etgan respublika jurnallarida va xalqaro konferensiyalar to‘plamlarida chop etilgan.
O`qituvchi Davlataliyeva Kumush Akmaljon qizining “Navoiy lirikasida axloqiy-ta`limiy masalalarning badiiy in`ikosi” mavzusidagi monografiyasi 2023-yilda Germaniyaning nufuzli Lambert nashriyotida nashr etildi va turli nashriyotlar tomonidan dunyoning 7 ta tillariga tarjima qilindi. Filologiya fanlari doktori , dotsent Hamidjon Homidov (Homidiy) rahbarligidagi “Mallayev – qardosh xalqlar adabiyotining tadqiqotchisi va tarjimoni” nomli ilmiy tadqiqot ishi mavzusi OAK byulletenining 2023-yil 3-sonida e’lon qilingan.20 ga yaqin ilmiy maqolalari OAK e’tirof etgan respublika jurnallarida va xalqaro konferensiyalar to‘plamlarida chop etilgan. 2024-yil “Ta`lim tizimida Alisher Navoiy asarlarini o`qitish muammolari” mavzusidagi metodik qo`llanmasi hammualliflikda Germaniyaning Editions universitaires europeennes nashriyotida fransuz tilida nashr etildi.
Oʼzbek adabiyotshunosligi kafedrasida ayni kunlarda 16 ta professor-oʼqituvchilar faoliyat koʼrsatmoqdalar. Ulardan 7 tasi ilmiy darajaga ega olimlardir. Shuningdek, filologiya fanlari boʼyicha falsafa fanlari doktori ilmiy darajasiga ega dotsent Аbdulhamid Qurbonov va filologiya fanlari boʼyicha falsafa fanlari doktori ilmiy darajasiga ega Sherali Turgʼunov kafedrada soatbay ishlaydilar. Kafedra aʼzolaridan 9 tasi ayollar, 7 tasi erkaklardir.
Ma'lumotlar
- Manzil: NamDU
- Qabul kunlari: har kuni, 1400-1700
- Email: msulaymon62@mail.ru
- Telefon:+99893 705 2555


