• shape
  • shape
  • shape
team

Topildiyev Odiljon Rahimjonovich

2020 yil 14 oktyabrda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Namangan davlat universitetining yangi strukturasi tasdiqlandi. Strukturaga binoan “Musiqa ta’limi va madaniyat” fakulteti tashkil etildi. Fakultet tarkibiga Namangan davlat universitetining San’atshunoslik fakulьteti tarkibidagi “Ijtimoiy-madaniy faoliyat va musiqa ta’limi” kafedrasi o‘tkazildi. “Musiqa ta’limi va madaniyat” fakultetiga o‘tkazilgan “Ijtimoiy-madaniy faoliyat va musiqa ta’limi” kafedrasi ikkiga bo‘linishi natijasida “Musiqa ta’limi” va “Madaniyatshunoslik” kafedralari tashkil etilgan, 2023 yil 4 sentyabrdan “Musiqa ta’limi va madaniyatshunoslik” fakulteti tarkibidagi “Musiqa taьlimi” va “Madaniyatshunoslik” kafedralari birlashtirilib, “Musiqa ta’limi va madaniyatshunoslik” kafedrasi  nomi bilan tashkil etilib, “Pedagogika” fakulteti tarkibiga qo‘shildi. 

2023 yil  4 sentyabrda tashkil topgan “Musiqa ta’limi va madaniyatshunoslik” kafedrasida kafedra mudiri t.f.n., dotsent Topildiyev Odiljon Rahimjonovich, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Asraqulova Adiba Nabiyevna, dotsentlar: Mirabdullayev Muxamadali Mamasoliyevich, Sultanova Zuxra Amanaliyevna, Xamdamova Diloramxan Tursunaliyevna, Qo‘shinova Ra’noxon Sotiboldiyevna, Inatullayev Bahromjon Boqijonovich, katta o‘qituvchilar Tojiaxmedova Muyassar Xaydarovna, Ibragimov Abdupatto Axmadjonovich va o‘qituvchilar Akbarov Baxtiyor Fazliddinovich, Nasirdinov Murotjon Toyshiboyevich, Gʻoyibova Sayyora Usmonovna, Ergashev Omonjon Turgunboyevich, Mirhakimova Feruza Xoldorjon qizi, To‘xtasinov Abror Rustamovich, Otabekov Shokirjon Tursunali o‘g‘li, Raximov Qodirjon Karimberdiyevich, Muhammadiyev Muslimbek Rustam o‘g‘li, Davlatov Turg‘unpo‘lat Sultonaliyevich, Abduraximov Boburjon Boqijon o‘g‘li, Gʻiyosov Baxtiyor Yoqubjon o‘g‘li kabi o‘qituvchilar talabalarga “Xalq cholg‘ulari ijrochiligi”, “Turdosh cholg‘ularini o‘rganish”, “Musiqa tarixi”, “Cholg‘u ansambli”, “O‘zbek xalq cholg‘u orkestri”, “Fortopiano”, “Xalq kuylarini notalashtirish”, “O‘zbek xalq musiqa ijodi”, “Kutubxona fondlarini restavratsiya qilish”, “Prodyuserlik maxorati asoslari”, “Loyixalarni boshqarish”, “O‘zbekistonda nomoddiy madaniy meros”, “Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish”, “Madaniyat tarixi”, “Kutubxonashunoslik”, “Kutubxona axborot xizmati nazariyasi va amaliyoti”, “ Kitob tarixi”, “O‘zbekistonda  va xorijda kutubxona ishi tarixi”, “Arxivshunoslik nazariyasi va tarixi”, “Kutubxona-axborot faoliyatini boshqarish”,  “Targ‘ibot-tashviqot ishlari uslubiyoti”, “Targ‘ibot-tashviqot ishlari metodikasi”, “Muzeyshunoslik”, “Ko‘rgazmalarni tashkil etish texnologiyasi”, “Madaniyat sosiologiyasi”, “Ssenariynavislik va madaniy ommaviy tadbirlarni tashki etish”, “Axoli turmush madaniyatini yuksaltirish asoslari”, “Boshlovchilik mahorati”, “Xalqaro madaniy aloqalar” kabi mutaxassislik fanlaridan saboq berib kelishmoqda. O‘tgan yillar davomida “Madaniyatshunoslik” kafedrasi 60111300- Musiqa ta’limi, 60211400-Vokal san’ati (an’anaviy xonandalik), 60211500- Cholg‘u ijrochiligi ( Xalq cholg‘ulari), 5151700-Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish  va 5350600-Kutubxona axborot faoliyati ta’lim yo‘nalishlari ochildi. Kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘tgan yillar davomida ilmiy-tadqiqotchilik salohiyatiga ega iqtidorli talabalar bilan individual ishlashga alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda. 

Ilmiy-metodik soha bo‘yicha, kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘nga yaqin monografiya va o‘quv qo‘llanmalari tayyorlandi. OAK tasarrufidagi va xorijiy  nufuzli jurnallarda so‘ngi 3 yil ichida 70 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan.

Hozirgi kunda kafedra mudiri t.f.n., dotsent O.Topildiyev “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining shakllanishi va rivojlanish tarixi (1991-2018 yy.)” mavzusidagi fan doktori (DSs.) darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasini tarix fanlari doktori, professor R.H.Murtazayeva ilmiy maslahatchiligida, kafedra dotsenti B.Inatullayev “Farg‘ona vodiysi qirg‘izlari madaniyatida etnik mansublik ananalari va integrasion jarayonlar” mavzusida falsafa doktori (Phd) darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasini sanatshunoslik fanlari nomzodi, dotsent, X.D. Xolmirzayev ilmiy maslahatchiligida ilmiy maslahatchiligida,  kafedra o‘qituvchisi f. Mirhakimova “O‘zbekiston tarixini o‘rganishda uy muzeylarini tutgan o‘rni” mavzusida falsafa doktori (Phd) darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasini tarix fanlari doktori, professor N.A.Mustafoyeva ilmiy maslahatchiligida, kafedra o‘qituvchisi To‘xtasinov Abror Rustamovich “Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining etnopedagogik madaniyatni takomillashtirish metodikasi” mavzusida falsafa doktori (Phd) darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasini pedagogika fanlari doktori, professor Q.B. Panjiyev ilmiy maslahatchiligida ilmiy maslahatchiligida,  doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqdalar.

Bugungi kunda “Musiqa ta’limi va madaniyatshunoslik” kafedrasi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, Farg‘ona davlat universiteti, Namangan viloyat madaniyat boshqarmasi, Namangan viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi, “Nodirabegim” nomidagi Namangan axborot kutubxona markazi, Namangan viloyat Yoshlar markazi, Barkamol avlod bolalar ijodiyot markazi, Namangan ixtisoslashtirilgan San’at maktabi, Namangan ixtisoslashtirilgan Madaniyat maktabi bilan hamkorlik shartnomalari asosida hamkorlik aloqalarini olib bormoqda. 

Kelajakda kafedrada 1 ta fan doktori (DSs.) va 4 ta falsafa doktori (Phd) himoyasi, 1 ta dotsent ilmiy unvoni olish uchun harakat qilinmoqda. Buning natijasida yaqin 3 yil ichida bosqichma-bosqich kafedra ilmiy salohiyatini 60%ga olib chiqish rejalashtilgan. Kelajakda DITD tanlovlarida loyihalar bilan ishtirok etish, xo‘jalik shartnomalarini tuzish va ilmiy tadqiqot orqali mablag‘ topish,  “Scopus” bazasiga kiritilgan xalqaro ilmiy nashrlarda maqolalar chop etish, Respublika olimpiadalarida va boshqa nufuzli tanlovlarda sovrinli o‘rinlarni olgan talabalar sonini oshirish rejalashtirilmoqda.

2023 yil 4 sentyabrdan boshlab kafedra “Pedagogika” fakulteti tarkibida “Musiqa ta’limi va madaniyatshunoslik” kafedrasi nomi bilan faoliyat yuritib kelmoqda.

Ma'lumotlar

  • Manzil: NamDU
  • Qabul kunlari: Seshanba 14:00-17:00, Chorshanba 9:00-12:00, Payshanba 14:00-17:00, Juma 9:00-12:00
  • Email: rodilbek@mail.ru
  • Telefon:+99897 376 7511
Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image