Vaxobov Botirali Mixailovich
Arxivshunoslik kafedrasi 2015-yil 2- martda tashkil etilgan boʼlib, unga dastlab tarix fanlari nomzodi, dotsent A. A. Sarimsokov rahbarlik qilgan. 2019-2021yillarda A.Sh. Toʻxtabayev, 2021-2022-yillarda U.U. Mansurov, 2022-2023 Sh. A. Xaydaraliyev kafedra rahbarlik qilgan. 2023-yildan tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Vaxobov Botirali Mixailovich Arxivshunoslik kafedrasiga rahbarlik qilmoqda.
Arxivshunoslik kafedrasi asosan 60320300 – Arxivshunoslik, 60220300 – Tarix (mamlakatlar va yoʻnalishlar boʻyicha) yoʻnalishlari boʻyicha bakalavrlar tayyorlashga ixtisoslashgan.
Kafedrada bir nafar fan doktori, besh nafar fan nomzodi, toʻrt nafar katta oʻqituvchi va oʻqituvchilar faoliyat koʻrsatmoqda. Kafedraning ilmiy salohiyati 60% ni tashkil etadi.
Arxivshunoslik kafedrasi Namangan viloyat arxiv ishi boshqarmasi, Andijon viloyat arxiv ishi boshqarmasi, Namangan viloyat tarixi va madaniyati muzeyi va Namangan viloyati oliy taʼlim, fan va innovasiyalar boshqarmasi bilan korporativ hamkorlik oʼrnatilgan.
Arxivshunoslik kafedrasining ilmiy tadqiqotlar asosan Oʻzbekiston tarixining XIX asr ikkinchi yarmi va XXI asr boshlaridagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga bagʻishlangan.
Ma'lumotlar
- Manzil: NamDU
- Qabul kunlari: har kuni, 09:00-17:00
- Email: botiralivaxobov@gmail.com
- Telefon:+99897 216 8228


