• shape
  • shape
  • shape
team

Xalmuratov Baxtiyor Rejavaliyevich

“Arxeologiya” kafedrasi 2020- yil 15- oktyabrda tashkil etilgan bo`lib, 2020–2023-yillarda tarix fanlari nomzodi, dotsent Sarimsokov Abdilatip Abdiraximovich, 2023-yil 4-sentyabrdan tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Xalmuratov Baxtiyor Rejavaliyevich kafedra mudiri lavozimida faoliyat ko’rsatitmoqda. 

“Arxeologiya” kafedrasi asosan, 60220400 – Arxeologiya, 60220300 – Tarix (mamlakatlar va yonalishlar bo`yicha) ta’lim yo`nalishlari bo’yicha bakalavrlar hamda 70220401 – Arxeologiya, 70230501 – Etnografiya, etnologiya va antropologiya mutaxassisliklari bo`yicha magistrlar tayyorlashga ixtisoslashgan. Shuningdek, 07.00.06 – Arxeologiya ixtisosligi bo’yicha tayanch doktorantura va doktorantura ham mavjud. 

Kafedrada bugungi kunda 9 (to’qqiz) nafar professor-o’qituvchi asosiy shtatda faoliyat ko`rsatmoqda. Kafedraning ilmiy salohiyati 44,4% ni tashkil etadi. 

“Arxeologiya”kafedrasi O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Milliy arxeologiya markazi va Tarix instituti, Oz’bekiston Milliy universiteti, Axsikent arxeologiya merosi ob’yektini muhofaza qilish va tadqiq etish yodgorlik majmuasi, Madaniy meros agentligi Namangan viloyat boshqarmasi, Namangan viloyati tarixi va madaniyati muzeyi bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatgan. 

“Arxeologiya” kafedrasining ilmiy-tadqiqotlar asosan “Farg’ona vodiysi arxeologiyasi va etnologiyasining dolzarb muammolari”ga bag’ishlangan.

Ma'lumotlar

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image