Azizov Nosirjon Nematillayevich
Sport faoliyati kafedrasi 2017 yil 1 noyabrda tashkil topdi. Kafedra sport faoliyati ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydi. Kafedrada 16 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib borishadi. Bulardan 5 nafari pedagogika fanlari nomzodi dotsentlar, 1 nafar dotsent, 6 nafar katta o‘qituvchilar va 3 nafar assistent-o‘qituvchilar, 1 nafar stajor-o’qituvchi faoliyat yuritmoqda. 2023-2024 o‘quv yilida kafedra ilmiy salohiyati umumiy shtatga nisbatan 37,5 % ni tashkil qiladi. Kafedrada 11 nafar pedagog o‘qituvchilar malaka oshirishdan o‘tgan, 5 nafari 2023-2024 yillarda malaka oshirishi rejalashtirilgan. Kafedra mudiri p.f.n. dots, N.Azizov 2020 yil 9 martdan kafedrani boshqarib kelmoqda.
Kafedrada 61010300 - Sport faoliyati: (Sport turlari bo’yicha: voleybol, gandbol, yengil atletika, kurash) 71010301 – Sport faoliyati (sport turlari bo’yicha) mutaxassisligi bo’yicha magistrlar tayyorlanadi. Kafedrada 5 nafar mustaqil izlanuvchilar ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug’ullanmoqda. Kafedra o’qituvchilari tomonidan yuqori impak faktorli xorijiy, OAK jurnallarida va xalqaro va respublika miqiyosidagi konferensiyalarda maqolalar chop etilmoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilari umumiy o‘rta ta'lim, professional ta’lim, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining 20 ga yaqin o‘qituvchilari bilan hamkorlikda ilmiy maqolalari va 10 ga yaqin qo‘llanmalar e'lon qilingan.
Ma'lumotlar
- Manzil: NamDU
- Qabul kunlari: har kuni 14:00 dan 16:00 gacha
- Email: azizov1288@mail.ru
- Telefon:+99893 941 0606


