Shodmanov Qodirjon Odilxanovich
Ta’lim menejmenti kafedrasi universitet Kengashining 2021 yil 12-yanvardagi 4-sonli qarori va universitet rektorining buyrug’iga asosan 2021 yil
1 fevraldan faoliyat yurita boshladi.
Kafedrada hozirgi kunda 9 nafar asosiy shtatda, 4 nafar ichki o’rindoshlik asosida, 3 nafar professor-o’qituvchilar tashqi o’rindoshlik asosida faoliyat olib bormoqda.
Asosiy shtatda ishlayotganlar: kafedra mudiri Shodmanov Qodirjon – pedagogika fanlari nomzodi, dotsent, Ilmiy ishlar bo'yicha rektor assistenti Akmalova Dildora – pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), katta o’qituvchilar – Xusanov A’zamjon, Xusaynov Muxammadxo‘ja, Karabaуev Jamshid, o’qituvchi – Muxtorova Dilfuza, stajyor-o’qituvchilar – Nizamova Muyassar, Xasanova Mashhura, Abdulhamidova Gulnozalardir.
Ichki o’rindoshlik asosida NamDU rektori Sobitxon Turg’unov – pedagogika fanlari doktori, professor, katta o’qituvchilar – Soliyeva Gulzoda, Mirzatova Gulshoda, stajyor-o’qituvchi – Ahmadjanova Feruzaxon, tashqi o’rindoshlik asosida esa Namangan viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazi direktori Ilhomjon Rahimov – pedagogika fanlari nomzodi, dotsent hamda stajyor-o’qituvchilar – To’lanboyev Jasurbek, Abdusalomova Maftunalar o’z ish faoliyatlarini olib borishmoqda.
Hozirgi kunda kafedraning ilmiy salohiyati 25 % ni tashkil etmoqda.
Ilmiy salohiyatni ko’tarish maqsadida kafedrada 13.00.07 – Ta’limda menejment ixtisosligi bo’yicha doktorantura tashkil etilgan bo’lib, unda 15 nafar tayanch doktorantlar, 1 nafar erkin izlanuvchilar o’zlarining ilmiy-tadqiqot ishlarini davom ettirmoqdalar.
Ma'lumotlar
- Manzil: Namangan sh., Boburshoh ko’chasi 130 uy
- Qabul kunlari: har kuni 15:00-17:00
- Email: kodirjonshodmanov@gmail.com
- Telefon:+99894 152 7887


