Abduraxmanov Soxibjon Turdialievich
Ekologiya va iqlimshunoslik kafedrasi dastlab Geografiya va ekologiya kafedrasi sifatida tashkil topgan. Namangan davlat universiteti rektorining 2015 yil 22 apreldagi 39V/O-sonli buyrug‘i bilan Ekologiya kafedrasi Tabiiy fanlar fakulteti tarkibida tashkil etilgan. Kafedraga tashkil qilingan 2015 yilda biologiya fanlari nomzodi, dotsent E.Ikramov kafedra mudiri lavozimiga tayinlangan. 2016-2018 yillarda kafedra faoliyatiga Ekologiya kafedrasi o‘qituvchisi S.Nomozboev raxbarlik qilib kelgan. 2018 yil aprel oyidan boshlab Ekologiya kafedrasi mudiri lavozimida PhD, katta o‘qituvchi S.T.Abdurahmanov faoliyat olib bormoqda. 2023-2024 o‘quv yilidan boshlab kafedra nomi Ekologiya va iqlimshunoslik deb yuritilishi belgilandi. Kafedrada bugungi kunda 12 nafar professor o‘qituvchilar faoliyat olib borib, shundan 3 nafari fan doktori, 4 nafari fan nomzodi dotsentlar, 4 nafari o‘qituvchilar, 1 nafari stajor-o‘qituvchilarni tashkil etadi. Kafedra tarkibida 70710401-Atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) magistratura ta’lim bosqichi, 11.00.04-Meteorologiya. Iqlimshunoslik. Agrometeorologiya hamda 11.00.05-Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish ixtisosliklari bo‘yicha tayanch doktorantura OTMdan keyin ta’lim bosqichlari faoliyat yuritadi. Kafedraning kompleks ilmiy tadqiqot mavzusi: Farg‘ona vodiysi tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish va ekologik muammolarni bartaraf etishning ilmiy va amaliy jihatlarini o‘rganish deb nomlanadi. Kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan bugungi kunga qadar 5 ta o‘quv qo‘llanma, 12 ta uslubiy qo‘llanma, 20 ga yaqin uslubiy ko‘rsatma, 7 ta monografiya, 6 ta laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar ishlanmasi nashrdan chiqarilgan. Kafedrada 2 ta o‘quv laboratoriyasi “Tuproq va agroekologiya”, “Biologik xilma-xillikni saqlash” fanlari doirasida tashkil etilgan. Mazkur laboratoriya zamonaviy asbob uskunlar bilan jixozlangan.
Ma'lumotlar
- Manzil: NamDU
- Qabul kunlari: chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00
- Email: sohib_1978@inbox.ru
- Telefon:+99899 044 4078


