• shape
  • shape
  • shape
team

Atamirzayeva E`zoza Bekmirzayevna

Namangan davlat universiteti tashkil etilgan 1942 yildan 1961 yilga qadar Xorijiy tillar fakulteti bo`lmaganligi  sababli, chet tili fani rus hamda o`zbek tillari kafedralari tasarrufida o`qitib kelingan.

Fakultetlararo chet tillar kafedrasi ilk bor 1961 yilda tashkil topgan bo`lib, xizmat ko`rsatuvchi kafedra sifatida –sobiq Namangan davlat pedagogika institutining (hozirgiNamDU) barcha yo`nalishlari talabalariga Chet tillar ya`ni ingliz va nemis tillari fanidan saboq berib keladilar. 1966 yilda universitetda ingliz va nemis tili yo`nalishlariga qabul jarayoni boshlanib, mutaxassis chiqaruvchi kafedralar tashkil etildi, hamda fakultetlararo chet tillar kafedrasi faoliyati to`xtatilib, o`qituvchilar chet tili fani soatlari mazkur kafedralar ixtiyoriga o`tkazildi. 1982  yili chet (ingliz va nemis)   tillar bo`yicha mutaxassis chiqaruvchi yo`nalishlariga qabul jarayoni to`xtatiladi va xizmat ko`rsatuvchi –ingliz tili hamda nemis tili kafedralari tashkil etilib, mazkur kafedralar professor-o`qituvchilari universitetning barcha ta`lim yo`nalishlariga  1980-1990 yillar davomida ingliz va nemis tillaridan mashg`ulot olib boradilar.

Mazkur yillarda kafedralarga Malikjon Shamsiddinov, Nurmatjon Ermatov, Saidumar Saydaliyev, Ne`matilla Otajonov, Ra`noxon Yo`ldasheva, Bahodir Bahromov,Yunusxon Sodiqovlar rahbarlik qilganlar.

1991 yilda chet tillar kafedrasi qayta tashkil etilib, u 1992 yil nemis hamda ingliz tili mutaxassisliklari qayta ochilishiga qadar faoliyat yuritadi.Ushbu davrda unga dotsent O`ktamjon Nurmatov rahbarlik qiladi. 1992-1996 yillar davomida mutaxassislik kafedralari hisoblangan ingliz hamda nemis tili kafedralari professor-  o`qituvchilari universitetning barcha ta`lim yo`nalishlari talabalariga chet tili fanidan saboq beradilar.

1996 yilga kelib Namangan davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti tarkibida Fakultetlararo chet tillar kafedrasi qayta tashkil qilindi va 14 yil davomida faoliyat ko`rsatdi. 2010 yilga kelib, kafedra o`qituvchilari va chet tili fani soatlari ingliz tili hamda nemis va fransuz tillari kafedralariga qo`shib yuborildi.O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta maxsus ta`lim vazirligining 2014 yil 30 avgustdagi buyrug`iga ko`ra Namangan davlat universiteti yangi tashkiliy tuzilmasi asosida universitet faoliyati va boshqaruvini takomillashtirish maqsadida universitet kengashining 2014 yil 29 avgustdagi 1-sonli qarori va universitetning 2014 yil 2-oktabrdagi 77 V/O-sonli buyrug`i bilan Fakultetlararo nemis va ingliz tillari kafedrasi tashkil qilindi.

Universitet rektorining 2015 yil 2 mart sanasidagi 130 SH/T –sonli buyrug`i asosida kafedra professor-o`qituvchilari tarkibi tasdiqlandi. 2015 yil sentyabr oyidan 2021 yil yanvar oyigacha  kafedra nomi Fakultetlararo chet tillar kafedrasi deb yuritib kelindi.

Universitet rektorining  2021 yil 15 yanvardagi “Namangan davlat universitetid  kafedralar tashkil etish to`g`risida”gi 7 B/O-sonli buyrug`i ijrosini ta`minlash hamda yangi tashkil qilingan  kafedralar tarkibi va shtat birliklarini tasdiqlash maqsadida 2021 yil 1 fevraldan boshlab  Fakultetlararo chet tillar kafedrasi negizida  Ijtimoiy-gumanitar yo`nalishlar bo`yicha chet tillar hamda Aniq va tabiiy  yo`nalishlar bo`yicha chet tillar kafedralari tashkil etildi va professor-o`qituvchilar tarkibi tasdiqlandi.

2023 yil sentyabr oyidan e’tiboran universitet Kengashi qarori bilan Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlar bo‘yicha chet tillar kafedrasi tarkibiga  Nemis va fransuz tillari kafedrasi  ham qo`shildi. Hozirda Ijtimoiy –gumanitar yo`nalishlar bo`yicha chet tillar kafedrasiga Atamirzayeva E`zoza Bekmirzayevna rahbarlik qilib kelmoqda. Kafedrada 1 nafar fan nomzodi, professor, 1 nafar filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori hamda 18 nafar professor-o`qituvchilar asosiy shtatda faoliyat yuritmoqda.

Bugungi kunda  kafedra professor-o`qituvchilari tomonidan fakultetlarda nemis, fransuz, ingliz tillarini  xorijiy til sifatida o`qitish bilan bir qatorda  Filologiya va tillarni o‘qitish(nemis tili) bakalavriat yo‘nalishi hamda  Lingvistika (nemis tili) magistratura yo‘nalishi  bo`yicha mutaxassis kadrlar tayyorlanmoqda . Kafedra professor-o‘qituvchilari universitet va fakultetning ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy va ma’rifiy ishlarida faol ishtirok etib kelishmoqda. 

 

Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlar bo‘yicha chet tillar kafedrasi Germaniyaning  Yoxannes Gutenberg nomidagi Maynts universiteti Tarjimashunoslik instituti bilan imzolangan memorandum doirasida hamkorlik olib boradi. Shuningdek, Germaniya akademik almashinuv xizmati, Gyote intitutining Toshkentdagi vakolatxonasi bilan ham uzviy aloqalar yo‘lga qo‘yilgan. 

Mamlakatimizda ta`lim sohasida olib borilayotgan tub islohotlarni amalga oshirish maqsadida kafedra jamoasi chet til ta`limi jarayonini zamon talablaridan kelib chiqqan holda innovatsion yondashuv asosida tashkil qilmoqda. Natijada so`nggi yillarda bitiruvchilarimiz orasidan yuksak salohiyatli, jonkuyar kadrlar yetishib chiqdi. Jumladan, R. Mamatov, M.Rahmonova, S.Abdug’aniyevalar shular jumlasidandir. Shuningdek, bugungi kunda chet til mutaxassislariga til bo’yicha C1 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo’lish vazifasi qo’yilgan. Mazkur talabdan kelib chiqib yo’nalish talabalari o’z ustilarida muntazam ishlab milliy va xalqaro darajadagi til sertifikatlariga ega bo’lmoqdalar. U.G’anijonova, D.Hasanov, S.Yusufjonov, M.Meliboyeva, S.Abdumajidov, M.Egamberdiyevalar shular jumlasidandir. 

Mutaxassislik fanlaridan dars berayotgan professor-o’qituvchilarning deyarli barchasi bir necha bor Germaniya, Hindiston, AQSH, Belgiya  hamda Fransiyaning nufuzli ta’lim musssasalarida malaka oshirib qaytgan va yuqori darajadagi milliy va xalqaro til sertifikatlariga ega.

Ma'lumotlar

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image