Namangan davlat universitetida “Yangilanayotgan NamDUda yangi yil!” nomli madaniy-ma’rifiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
 
Bayram tadbirini universitet rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyev ochib berib, universitet jamoasini yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bilan samimiy tabrikladi.
 
Rektor o‘z nutqida 2025-yil Namangan davlat universiteti hayotida muhim islohotlar, keng ko‘lamli yangilanishlar hamda salmoqli yutuqlar bilan yodda qolgan davr bo‘lganini alohida ta’kidladi. Jumladan, o‘quv jarayoni samaradorligini oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlari va innovatsion faoliyatni faollashtirish, xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy sohada erishilgan katta yutuqlar, shuningdek, universitet infratuzilmasini zamonaviy talablar asosida yangilash va takomillashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida atroflicha so‘z yuritdi.
 
“2025-yil Namangan davlat universiteti hayotida yangilanishlar, muhim islohotlar va salmoqli yutuqlar bilan yodda qoladigan davr bo‘ldi. Jamoamizning fidokorona mehnati natijasida ta’lim sifati, ilmiy salohiyat, xalqaro hamkorlik va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlarda katta natijalarga erishildi. Kelgusida ham universitetni yanada yuksak bosqichga olib chiqish yo‘lida birgalikda izchil faoliyat olib boramiz.” — dedi rektor o‘z nutqida
 
Tadbirda yil davomida o‘zining samarali mehnati, tashabbuskorligi va fidoyiligi bilan universitet rivojiga munosib hissa qo‘shgan bir qator professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar universitet rahbariyati tomonidan munosib rag‘batlantirildi.
 
Bayram tadbiri doirasida San’atshunoslik fakulteti professor-o‘qituvchilari hamda universitetning ijodkor talaba-yoshlari tomonidan tayyorlangan rang-barang va mazmunli bayram konsert dasturi namoyish etildi. Musiqiy chiqishlar, sahna ko‘rinishlari va ijodiy kompozitsiyalar tadbir ishtirokchilariga bayramona kayfiyat ulashib, Yangi yil oldidan barchaga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image