16-oktabr kuni Namangan davlat universitetida Erasmus+ International Days 2026 xalqaro haftaligi doirasida oliy ta’lim muassasalari uchun “Erasmus+ Opportunities for Higher Education Institutions” mavzusida yirik tadbir bo‘lib o‘tadi.
Tadbir davomida Erasmus+ dasturi orqali xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, akademik almashinuvni kengaytirish, xalqaro ta’lim loyihalarida ishtirok etish hamda oliy ta’lim muassasalari uchun mavjud imkoniyatlar muhokama qilinadi.
Shuningdek, ishtirokchilar xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, yangi loyihalarni ishlab chiqish va Erasmus+ dasturi doirasida samarali hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish yuzasidan ma’lumotlarga ega bo‘ladilar.
📍 Manzil: Yuksalish mavzesidagi Namangan davlat universitetining Anjumanlar zali
📅 Sana: 16-oktabr, soat 09:00 da
Erasmus+ — xalqaro hamkorlik, innovatsion g‘oyalar va yangi imkoniyatlar sari!