Assalomu alaykum, qadrli ustozlar, aziz talabalar va hurmatli hamkasblar!
Sizlarni va siz orqali barcha oila a’zolaringizni kirib kelayotgan yangi 2026-yil bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Bu quvonchli damlarda barchangizga o‘z minnatdorligimni izhor etgan holda, eng ezgu tilaklarimni yo‘llayman.
Yangi yil arafasida turib, oʻtgan yilimizga nazar tashlasak, hayotimizga katta yutuqlar, muhim oʻzgarishlar va yaxshi xotiralar olib keldi. «Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili» doirasida universitetimiz jamoasi hamda talabalari bilan ulkan ishlarga qoʻl urdik, koʻplab muvaffaqiyatga erishdik. Bu yutuqlarda siz, hurmatli talabalar va fidoyi hamkasblarimning hissasi beqiyosdir.
Jumladan, ta’lim-tarbiya sohasidagi ko‘p yillik fidokorona mehnatlari, yosh avlodni barkamol insonlar etib voyaga yetkazish yo‘lidagi sa’y-harakatlari hamda ilm-fan rivojiga qo‘shgan salmoqli hissasi yuksak baholanib ikki nafar professor-o‘qituvchilarimiz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq ordenlar bilan hamda o‘nga yaqin professor-o‘qituvchilar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan «Oliy ta’lim a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan va Madaniyat vazirligining “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.
Muhtaram hamkasblar va aziz talabalar!
Kirib kelayotgan 2026-yil —“Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish" yili esa oldimizga yangi vazifalar va yangi maqsadlarni qo‘yadi. Ishonamanki, bu yil ham birdamligimiz, tinimsiz mehnatimiz va qat’iyatimiz bilan ulkan zafarlarni qo‘lga kiritamiz.
Ushbu yil bartchamizga omad va muvaffaqiyat hamda qut baraka sihat salomatlik qolaversa universitetimizdagi har bir ustoz va hodimlarimizga qolaversa talabalarimizga ko'plab zafar va muvaffaqiyatlar olib kelishiga ishonaman!!!
Yangi yil hammamiz uchun quvonch va muvaffaqiyatlar yili bo‘lsin!
2026-yil barchamizga muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Qirg‘izbayev Abdug‘affor Karimjonovich
Namangan davlat universiteti rektori