Hurmatli talabalar!
Agar Siz psixologik holatingizda o‘zgarishlarni sezayotgan bo‘lsangiz yoki kundalik hayotda turli stressli holatlarga duch kelayotgan bo‘lsangiz, Telegram tarmog‘i orqali @psymurojaat24_bot manziliga murojaat qilishingiz mumkin.
Mazkur murojaat boti yordamga muhtoj, shuningdek, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan talabalarga, jumladan talaba-qizlarga ijtimoiy-huquqiy hamda psixologik yordam ko‘rsatish maqsadida tashkil etildi.
Agar Sizga psixologik yordam zarur bo‘lsa, yuqoridagi bot orqali xabar yo‘llashingiz mumkin. Siz tomonidan yuborilgan barcha murojaatlar malakali psixologlar tomonidan ko‘rib chiqiladi, amaliy yordam ko‘rsatiladi hamda murojaatlarning maxfiyligi to‘liq kafolatlanadi.
Murojaat qilish: @psymurojaat24_bot
Namangan davlat universiteti Axborot xizmati