Namangan davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakultetiga Qirgʻiziston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi “An’anaviy san’at va madaniyat” ilmiy-tadqiqot markazi direktori Kodirali Konkobayev boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan keldi.

Tashrif doirasida Ijtimoiy fanlar fakulteti rahbariyati hamda yetakchi professor-o‘qituvchilar ishtirokida uchrashuvlar tashkil etildi. Uchrashuvlarda ilmiy-tadqiqot sohasida hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma konferensiyalar, ilmiy seminarlar va nashrlarni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, ilmiy kadrlar tayyorlash va tajriba almashish masalalari atroflicha muhokama qilindi. 

Tomonlar o‘zaro manfaatli ilmiy aloqalarni mustahkamlash va ularni amaliy loyihalar orqali izchil davom ettirish zarurligini alohida ta’kidladilar.

Shuningdek, delegatsiya a’zolari fakultet talaba-yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tarixiy do‘stlik, madaniy yaqinlik va ilmiy hamkorlik an’analari haqida fikrlar bildirildi. Yoshlarning ilmiy izlanishlarga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash, kelgusida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar hamda akademik almashinuv dasturlarida ishtirok etish istiqbollari muhokama qilindi. 

Mazkur tashrif ikki mamlakat ilmiy muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image