O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi munosabati bilan Namangan viloyati IIB maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati tashabbusi bilan qator hamkor tashkilotlar ishtirokida Dinamo sport majmuasida “Ochiq eshiklar” kuni tashkil etildi. Tadbir Namangan viloyati IIB boshqarma sohaviy xizmatlari, IIV Namangan akademik litseyi, Yoshlar ittifoqi Namangan viloyat kengashi, Mudofaa ishlari boshqarmasiga qarashli Pop tumanidagi 07648-sonli harbiy qism hamda O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Namangan viloyat kengashi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

Mazkur tadbirga mahallalardagi uyushmagan yoshlar, oliy ta’lim muassasalari, maktab va texnikum talaba hamda o‘quvchilari, shuningdek, yoshlar yetakchilari taklif etildi. Tadbirda Namangan davlat universiteti talabalari ham faol ishtirok etib, harbiy-vatanparvarlik ruhidagi mazmunli dastur bilan yaqindan tanishdilar.

Tadbir davomida jangovar va ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi. Shu bilan birga, ishtirokchilar IIB soha xizmatlarining maxsus transport vositalari, qurol-aslahalari hamda xizmat faoliyatida foydalaniladigan texnik jihozlari bilan yaqindan tanishish, ular bo‘yicha batafsil maʼlumotlar olish imkoniga ega bo‘ldilar.

Mazkur “Ochiq eshiklar” kuni yoshlar ongida Vatanga sadoqat, harbiy xizmatga qiziqish va huquq-tartibot organlari faoliyati haqida tushunchalarni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image