Namanganda “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi

Bugun tong sahardan Namangan viloyati markazida joylashgan “Xotira xiyoboni” bayram tadbirlari munosabati bilan gavjum bo‘ldi.

Xiyobon kirish qismi hamda “Motamsaro ona” haykali oldida faxriy qorovul saf tortdi. Namangan harbiy garnizoniga qarashli harbiy qismlar askarlari tantanali safda turdi. Tadbirda viloyatdagi huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari gul va gulchambarlar bilan ishtirok etdi.

Tantanali marosimda Namangan viloyati hokimi, viloyat harbiy-maʼmuriy sektori rahbari Shavkatjon Abdurazzoqov qatnashdi.

Namangan harbiy garnizoni boshlig‘i viloyat rahbarini harbiycha hurmat bilan kutib olib, marosimga to‘liq tayyorgarlik ko‘rilgani haqida ma’lumot berdi.

Viloyat hokimi yig‘ilganlarni 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi bilan qutladi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. Harbiy orkestr sadolari ostida viloyat hokimligi, mudofaa ishlari va huquqni muhofaza qilish idoralari, davlat va jamoat tashkilotlari, yoshlar jamoalari tomonidan “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi.

Mazkur tadbirda Namangan davlat universiteti jamoasi ham ishtirok etib, Vatan ozodligi va tinchligi yo‘lida jon fido qilgan fidoyilarning porloq xotirasiga hurmat bajo keltirdi hamda haykal poyiga gulchambar qo‘ydi.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image