Bu klub — barchaga teng imkoniyatlar, ijod va ijobiy o‘zgarishlar maydoni!
Nogironligi bo‘lgan va sog‘lom talabalar o‘rtasida inklyuzivlik g‘oyalarini targ‘ib qilish, ijtimoiy muammolarga e’tibor qaratish, o‘z fikrini media orqali ifodalashni istaganlar uchun ajoyib imkoniyat.
🎯 Klubning asosiy yo‘nalishlari:
🔠 Ijtimoiy videoroliklar, maqolalar, podkastlar va aksiyalar tayyorlash
🔠 Inklyuzivlik, tenglik va barqaror rivojlanish mavzularida media loyihalar yaratish
🔠 Talabalar va mutaxassislar ishtirokida ochiq muloqotlar, forumlar va seminarlar tashkil etish
🔠 OAV bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish
Agar siz ijodkor, faol va jamiyatda ijobiy o‘zgarishlar qilishni istasangiz — bu klub aynan siz uchun!
Bu yerda siz o‘z g‘oyalaringizni media orqali ifodalaysiz, do‘stlar orttirasiz va ijtimoiy loyihalar orqali o‘zingizni namoyon etasiz!
📱 Klubga a’zo bo‘lish uchun murojaat: @namdu_pressa
Keling, birgalikda inklyuziv va mehrga boy media makon yarataylik!
Namangan davlat universiteti Axborot xizmati