“New Talents” Xalqaro tashkiloti tashabbusi bilan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi PQ–112-son, 2023-yil 25-dekabrdagi PQ–406-son qarorlari, 2023-yil 26-maydagi PF–79-son Farmoni hamda 2025-yil 15-may kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida musiqa va san’at sohasidagi keng ko‘lamli islohotlar asosida “YILNING XALQARO YULDUZLARI” nomli xalqaro tanlov tashkil etilmoqda.
Mazkur tanlov iqtidorli yoshlar va ijodkorlarni aniqlash, ularning ijodini xalqaro miqyosda targ‘ib etish, xorijiy mamlakatlar bilan madaniyat va san’at sohasida ijodiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.
Tanlov o‘tkazilish joyi va vaqti:
🗓2026-yil 25–27-yanvar
📌Toshkent shahri
📍Oflayn shaklda
Tanlov ishtirokchilari:
👀Bolalar musiqa va san’at maktablari
👀“Kelajak markazlari”
👀Madaniyat markazlari
👀Maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilari
👀Maktabdan tashqari ta’lim muassasalari
👀Erkin ijodkorlar
👀O‘zbekiston va xorijiy davlatlardan iqtidorli yoshlar
👀Har bir ishtirokchi tanlovda erkin va ixtiyoriy ravishda qatnashish huquqiga ega.
🎼 Tanlov yo‘nalishlari (yakka va jamoaviy):
👀Fortepiano (10 daqiqa)
👀Torli cholg‘ular (10 daqiqa)
👀Damli va zarbli cholg‘ular (8 daqiqa)
👀Estrada cholg‘u ijrochiligi (8 daqiqa)
👀Estrada xonandaligi (10 daqiqa)
👀Akademik xonandalik (10 daqiqa)
👀An’anaviy xonandalik (10 daqiqa)
👀Xalq cholg‘ulari (10 daqiqa)
👀An’anaviy cholg‘u ijrochiligi (10 daqiqa)
👀Baxshichilik (10 daqiqa)
👀Xoreografiya (10 daqiqa)
👀Tasviriy san’at
👀Teatr san’ati (8 daqiqa)
👀Amaliy san’at
👀Folklor (15 daqiqa)
👀Xor (10 daqiqa)
Ishtirok etish shartlari:
👀Ijrochilar belgilangan vaqt doirasida 1 yoki 2 ta asar ijro etadi
👀Xonandalar qo‘shiqni jonli ijroda kuylaydi (ovoz fonogrammasiga ruxsat berilmaydi)
👀Musiqiy fonogrammadan foydalanishga ruxsat etiladi
👀Tasviriy san’at ishtirokchilari qish fasliga mos ijodiy ishni 4 soat ichida yaratadi
👀Amaliy san’at ishtirokchilari 5 soat ichida ijodiy ish bajaradi
👀Oldindan tayyorlangan asarlarga baho berilmaydi
👀Jamoaviy ishtirokchilar soni 16 nafargacha
Yosh toifalari:
3 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilar 8 ta yosh guruhi bo‘yicha baholanadi.
Mukofotlar va rag‘batlantirish:
⌨1-, 2-, 3-darajali diplom va medallar
⌨Xalqaro sertifikatlar
⌨Har bir yosh guruhi bo‘yicha Gran-pri (kubok bilan)
⌨13 ta “Yilning eng yaxshi xalqaro ijrochisi” maxsus nominatsiyalari
⌨Gran-pri g‘oliblariga 100 AQSh dollari pul mukofoti
⌨Televizion tanlov va shou dasturlarda ishtirok etish imkoniyati
⌨Taniqli san’atkorlar ishtirokidagi katta gala-konsert
Ishtirok etish uchun to‘lov miqdori:
O‘zbekiston fuqarolari uchun:
✔️Yakka ishtirok — 550 000 so‘m
✔️Duet/trio — har bir ishtirokchi uchun 400 000 so‘m
✔️4–7 nafar jamoa — har bir ishtirokchi uchun 250 000 so‘m
✔️8–16 nafar jamoa — har bir ishtirokchi uchun 220 000 so‘m
✔️Xorijiy ishtirokchilar uchun: 25 AQSh dollari
📥 Arizalar 2026-yil 22-yanvarga qadar qabul qilinadi:
📲 Telegram: 95-008-59-29
🤖 Telegram bot: @newtalents_24
📧 Email: newtalentsuzb@gmail.com
Tanlovda ishtirok etish, hujjatlarni topshirish va tashkiliy masalalar bo‘yicha
institut Xalqaro bo‘lim boshlig‘i N.Raximovaga murojaat qilishingiz mumkin. +998 99 875 83 09
Nizom bilan to'liq tanishing! 👉Batafsil (https://t.me/NamDChti_matbuot_nigohida/1234)
Shuningdek, bog‘lanish uchun:
📞 95-008-59-29
📞 95-008-69-29 (Malikbek Eshquvvatov)
“YILNING XALQARO YULDUZLARI” — iste’dod, ijod va xalqaro e’tirof maydoni!
О‘z iste’dodingizni dunyo sahnasiga olib chiqish imkoniyatini boy bermang!