Namangan davlat universitetida jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, talabalar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ularning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida Namangan viloyati IIB JXX YHXB bilan hamkorlikda transport vositasiga ega bo‘lgan talabalar uchun profilaktik uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda universitet birinchi prorektori Islomjon Odilov, Namangan viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati boshlig‘i Boymirzayev Botirjon, fakultet dekanlari o‘rinbosarlari hamda universitet talabalari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida mas’ullar tomonidan talabalarga yo‘l harakati qoidalariga rioya etishning ahamiyati, transport vositalaridan foydalanishda xavfsizlik choralariga qat’iy amal qilish zarurligi haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, viloyatda so‘nggi vaqtlarda sodir etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilishlari, ularning kelib chiqish sabablari va ayanchli oqibatlari yuzasidan statistik ma’lumotlar taqdim etildi.

Uchrashuv jarayonida yo‘l harakati xavfsizligiga bag‘ishlangan targ‘ibot xarakteridagi videorolik namoyish etildi. Uchrashuv yakunida talabalar bilan davra suhbati tashkil etilib, ular o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddi tashkilot vakillaridan atroflicha javob oldilar.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image