Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘iga muvofiq, 2025/2026-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomli davlat stipendiyalarining respublika bosqichi tanlovlari joriy yilning 22–29-yanvar kunlari o‘tkaziladi.

Shu munosabat bilan Namangan davlat universitetida ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Abdug‘affor Nazarov respublika bosqichida ishtirok etayotgan nomzodlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 19-dekabrdagi 19-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan tanlovni o‘tkazish tartibi, uning asosiy talablari, baholash mezonlari hamda tanlov jarayonida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan muhim jihatlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Uchrashuv yakunida prorektor Abdug‘affor Nazarov tanlovda ishtirok etayotgan nomzodlarga muvaffaqiyat tiladi.

Ma’lumot uchun: tanlov natijalari joriy yilning 29-yanvariga qadar my.edu.uz elektron tizimi orqali e’lon qilinadi.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image