Hurmatli professor-o‘qituvchilar!
Aziz talabalar!
Bugungi kunda Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim omili sifatida ta’lim sifati, ilm-fan va intellektual salohiyatni yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan islohotlarda oliy ta’lim tizimini zamon talablariga mos ravishda rivojlantirish ustuvor vazifa etib belgilangan.
Mazkur vazifalardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalarida umummilliy so‘rovnoma o‘tkazilmoqda. Ushbu so‘rovnoma professor-o‘qituvchilar hamda talabalarning fikr va mulohazalarini o‘rganish, ta’lim sifatini oshirish, shuningdek oliy ta’lim muassasalarining milliy reytingini shakllantirishga xizmat qiladi.
Alohida ta’kidlash joizki, mazkur so‘rovnoma nazorat yoki tekshiruv emas, balki oliy ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan muhim tahliliy manba hisoblanadi. So‘rovnoma anonim tarzda o‘tkazilib, barcha ishtirokchilarning shaxsiy ma’lumotlari to‘liq himoyalangan.
Shu munosabat bilan, barcha professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlarni ushbu so‘rovnomada faol ishtirok etishga chorlayman.
👉 So‘rovnomada ishtirok etish:
https://survey.hemis.uz/
Unutmang, Sizning har bir fikringiz universitetimiz nufuzini oshirish, ta’lim sifatini yuksaltirish va kelajak avlod uchun yanada qulay ta’lim muhitini yaratishga xizmat qiladi.
Abdug‘affor Qirg‘izboyev
Namangan davlat universiteti rektori