Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan ilk bor yurtimizdagi barcha davlat, nodavlat hamda xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari talabalari va professor-o‘qituvchilarini qamrab olgan Umummilliy so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

Mazkur so‘rovnomada oliy ta’limning barcha shakllari bo‘yicha bakalavriat va magistratura bosqichlarida tahsil olayotgan talabalar hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etmoqda.

So‘rovnoma oliy ta’lim tizimidagi ta’lim muhitining sifati, ta’lim olish va kasbiy faoliyat yuritish uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim va boshqaruv jarayonlarining raqamlashtirilganlik darajasi, shuningdek, oliy ta’lim muassasalaridagi ijtimoiy, psixologik hamda ma’naviy-axloqiy muhitni har tomonlama baholashga qaratilgan.

Bugun, 26-yanvar kuni Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi vakillari Namangan davlat universitetining professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Uchrashuv davomida so‘rovnoma o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish, o‘quv jarayoni hamda ilmiy-pedagogik faoliyat uchun yaratilgan sharoitlarni yanada takomillashtirish ekani ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida universitet professor-o‘qituvchilari o‘rtasida Umummilliy so‘rovnoma o‘tkazildi.

Ta’kidlanishicha, so‘rovnoma natijalari Milliy reyting uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar bazasini shakllantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, talabalar tomonidan ta’lim muhiti va yaratilgan sharoitlardan qoniqish darajasini aniqlash, professor-o‘qituvchilarning mehnat sharoitlari hamda kasbiy faoliyatdan qoniqishini baholash, ta’lim va boshqaruv jarayonlarining raqamlashtirilish darajasini tahlil qilish imkonini beradi.

Shu bilan birga, oliy ta’lim tashkilotlaridagi tizimli muammolarni aniqlash va ularga samarali yechimlar ishlab chiqishda muhim tahliliy manba bo‘lib xizmat qiladi.

Ma’lum qilinishicha, Umummilliy so‘rovnoma ikki bosqichda amalga oshiriladi. Dastlabki bosqichda talabalar va professor-o‘qituvchilar qamrab olinadi, ikkinchi bosqichda esa ish beruvchilar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Talaba va professor-o‘qituvchilardan ushbu so‘rovnomada faol qatnashish va ta’lim sifati uchun ochiq fikr bildirishlarini so‘rab qolamiz. 

👉 So‘rovnomada qatnashish: https://survey.hemis.uz/

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image