O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi PQ–307-son qarori 1-ilovasi 43.5-bandida oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida “Web of Science” hamda “Springer Nature” xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalaridan erkin foydalanishni ta’minlash vazifasi belgilab berilgan.

Bugun universitetda “Springer Nature” xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazasidan samarali foydalanish mavzusida o‘quv-seminar trening bo‘lib o‘tdi.

O‘quv-seminar treningda universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Abdug‘affor Nazarov, Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi mutaxassislari Mirkomil Mirrahimov va Otabek Muhammadiyev, shuningdek, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar hamda magistrantlar ishtirok etdilar.

Seminar davomida ishtirokchilarga “Springer Nature” platformasining imkoniyatlari, ilmiy maqolalarni qidirish, tahlil qilish va ulardan samarali foydalanish mexanizmlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, tadqiqotchilarning xalqaro ilmiy faoliyatida muhim o‘rin tutuvchi ORCID (Open Researcher and Contributor ID) tizimi, uni yaratish va yuritish tartibi, ORCID identifikatorining afzalliklari, xalqaro ilmiy nashrlar bilan integratsiyasi hamda ilmiy ishlarni nufuzli xalqaro jurnallarda joylashtirish bo‘yicha amaliy tushunchalar berildi.

Seminar yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi hamda xalqaro ilmiy bazalardan foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etildi. 

Mazkur seminar treninglar professor-o‘qituvchilar va yosh tadqiqotchilarning ilmiy salohiyatini oshirish, xalqaro miqyosdagi ilmiy faoliyatini yanada faollashtirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image