Mazkur yig‘ilishda universitetda faoliyat yuritayotgan ilmiy kengashlar raislari, ilmiy seminarlar raislari hamda ularning kotiblari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori A. Nazarov ilmiy kengashlar va ilmiy seminarlar faoliyatini samarali tashkil etish, ularning ishini amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida olib borish, hujjatlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Shuningdek, u ilmiy faoliyat bilan bog‘liq vazifalarni belgilangan muddatlarda, o‘z vaqtida va sifatli ijro etish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berdi.

Yig‘ilish davomida ilmiy kengashlar va ilmiy seminarlar faoliyatida uchrayotgan dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi. Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, ish samaradorligini oshirish hamda ilmiy jarayonlarni tizimli tashkil etishga qaratilgan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Shu bilan birga, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi hamda ularni amalga oshirish mexanizmlari yuzasidan tegishli xulosalar chiqarildi.

Mazkur yig‘ilish ilmiy boshqaruv jarayonlarini yanada takomillashtirish, ilmiy faoliyatda mas’uliyat va ijro intizomini kuchaytirish, shuningdek, universitetda ilmiy muhitni rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image