Namangan davlat universiteti rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyev Jahon tillari fakultetiga tashrif buyurib, fakultetda ta’lim jarayonlarining tashkil etilishi, dars mashg‘ulotlarining sifati hamda o‘quv jarayonida zamonaviy pedagogik yondashuvlardan foydalanish holati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif jarayonida rektor tomonidan auditoriya mashg‘ulotlari bevosita kuzatilib, professor-o‘qituvchilarning dars o‘tish uslublari va ta’lim samaradorligini oshirishga qaratilgan faoliyati o‘rganildi.

Shuningdek, universitet rektori talabalar bilan bevosita muloqot olib bordi hamda ularning ta’lim jarayoni, yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv-uslubiy ta’minot yuzasidan fikr-mulohazalari hamda takliflarini tingladi. 

Bildirilgan takliflar asosida ta’lim sifatini yanada oshirish, dars jarayonlarini takomillashtirish va talabalarga qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image