Mazkur yig‘ilishda universitet yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Islomjon Odilov, Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi bo‘limi katta tezkor vakili Dilshodbek G‘ofurov, rektor maslahatchisi Alibek Bekmurzayev, fakultetlarning dekan o‘rinbosarlari hamda tyutorlar xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilari, universitet profilaktika inspektorlari ishtirok etdilar.
Yig‘ilish davomida yoshlarda giyohvandlik va narkojinoyatlarning og‘ir ijtimoiy-huquqiy oqibatlari to‘g‘risida chuqur tushunchalarni shakllantirish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, tadbirda davlat tomonidan yoshlarni zararli illatlardan asrash, jamiyatda ma’naviy barqarorlikni ta’minlash, millat genofondini muhofaza qilishga qaratilgan izchil siyosatning mazmun-mohiyati keng yoritildi hamda mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.
Yig‘ilish yakunida mas’ullarga yoshlar bilan ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, profilaktik tadbirlarni muntazam tashkil etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
Namangan davlat universiteti Axborot xizmati